«Özbekiston24» telekanali orqali efirga uzatilgan «Qarama-qarşi» körsatuvida Toşkent Moliya instituti professori Tölqin Ibodullayeviç Boboqulov Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişi salbiy oqibatlarga olib kelişi haqida fikr bildirdi.

«Biz hozir YeOIIga kirişga tayyor emasmiz. Çunki hamdöstlik davlatlari içida milliy valutasi biznikiçalik qadrsizlangan davlat yöq. Milliy valuta muomalaga kiritilganida 1 dollar 7 söm edi, hozir 9527 söm böldi. Milliy valutamiz qadrsizlaniş sur'ati şu darajada yuqori böldiki, bu import qimmatlaşişiga olib keldi. Natijada korxonalarda mahsulot tannarxi oşib ketdi.

Korxonalarni örgandik, ular qanday işlayotganiga hayronman. Mahsulotlarni sotişdan olingan yalpi tuşum salmoğida mahsulot tannarxi 80-85 foiz. Ular 15 foiz bilan qanday işlayapti? Xarajat juda ham yuqori. Biz hozir YeOIIga yöl oçsak, Qozoğiston, Belarus va Rossiya korxonalari mahsulotlarini arzon sotadi. Bizning korxonalar arzon sotolmaydi, çunki tannarx baland», deya ta'kidladi u.

"Qarama-qarşi" körsatuvidan lavha

Professor: "Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölişga tayyor emas!" Siz bu fikrga qöşilasizmi?

Posted by

UZBEK TV

on Thursday, February 27, 2020

Boboqulov respublika iqtisodiyotida yeçimini kutayotgan bir qança muammolarni aytib ötdi.

«Birinçi navbatda inflatsiyani pasaytiriş kerak. Inflatsiyani 2023 yilga borib 5 foizga tuşirmoqçimiz. Ötgan yili inflatsiya darajasi Qozoğistonda 5,4, Rossiyada 3 foiz böldi, bizda esa 15,2 foiz.

Iqtisodiyotimizda yeçilmagan muammolar bor. Birinçisi, tölovsizlik muammosi. 2019 yil 1 oktabr holatiga korxonalar örtasidagi debitor qarzdorlik 93 trillion sömdan oşdi. Eng yomoni, bu qarzdorlik oldingi yilga nisbatan 16,5 martaga oşdi. Nima uçun? Çunki iqtisodiyotimizda bu qarzdorlikni tölaydigan pul yöq. 2019 yil yakuni böyiça Özbekiston iqtisodiyotining pul mablağlari bilan ta'minlanganlik darajasi bor-yöği 17,6 foizni taşkil qildi. Jahon banki ekspertlari iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti 40 foizdan kam bölsa tölovsizlik muammosini hal qilib bölmasligini isbotlagan. Bizda bu muammo 30 yildan beri hal bölmadi. Şuning uçun tölovsizlik muammosini hal qilişimiz kerak.