Bundan ikki yil oldin şifokorga kimnidir qöl kötarişi jamoatçilik örtasida katta şov-şuvlarga sabab bölar edi. Hozir esa unday emas. Sababi, bu singari hodisalar soni şu qadar köpayib ketdiki, oxir oqibat şifokorning iş vaqtida odamlar tomonidan kaltaklanişi oddiy holga aylanib qoldi. Şu yilning 29 fevral va 4 mart kunlari Andijon viloyatining ikki kasalxonasida ikki şifokor öz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda fuqarolar tomonidan döpposlangan. Ulardan biriga piçoq bilan xujum qilingan.

29 fevral kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali travmotologiya bölimi qabulxonasida bemorning qarindoşi şifokorlarga ötkir tiğli buyum bilan taşlanib, söng piçoqni tibbiyot xodimiga qaratib otgani haqidagi videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib ketdi.

4 mart kuni esa Baliqçi tumanida fuqaro tez tibbiy yordam şifokorini kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.

Biz har ikki hodisa yuzasidan voqea röy bergan muassasalarda bölib şifokorlar bilan suhbatlaşdik.

 Tajovuzdan söng boşqa bir tajribali şifokor işdan böşab ketgan

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining travmotologiya qabulxonasi bir kunda 200 nafardan ziyod bemorlarga xizmat körsatadi. Muassasa xodimlari 29 fevral kuni yuz bergan ayançli holat, umuman oxirgi paytlarda ba'zi bemor va ularning qarindoşlari tomonidan tibbiyotçilarga tajovuz qilinişi şifokorlar ruhiyati, iş unumdorligiga salbiy ta'sir ötkazayotganini bildirişdi.

34 yillik iş tajribasiga ega yuz jarrohi Bahromjon Haydarov, örta va kiçik tibbiy xodimlar bilan suhbatlaşdik.

“ - Oxirgi paytlarda şifokorlarni haqorat qiliş, ularga qöl kötariş kabi holatlari bizning muassasada ham juda köp yuz bermoqda. 29 fevral kunidagi voqea tafsilotlariga töxtalsak, ayol kişi yuzida jarohati bilan kasalxonaga keldi. U eri urganini aytdi. Xodimlarimiz bemorga yordam körsatiş bilan birga hodisa yuzasidan içki işlarga xabar berişini aytişgan. Şunda bemorning akasi “IIBga xabar bermaysanlar!” deb, vraçga taşlanib quvlayapti. Söng xodimimizga piçoq otgan. Yaxşiki, piçoq kimgadir sançilib, tan jarohati yetkazmadi. Fuqarolar tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilingan har qanday holatda tibbiyot xodimlari içki işlar organining navbatçilik qismiga xabar berişi şart, bu qonun talabi axir.