Sirdaryo viloyatida ikki şifokorga iş vaqtida suiqasd uyuştirildi. Soğliqni saqlaş vazirligi respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida şifokorlarga tan jarohati yetkazilgani yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, filialning şoşilinç bolalar bölimiga joriy yil 8 iyul kuni 2015 yilda tuğilgan, bemor M.S. «Ötkir respirator kasallik. Gipertermik sindrom» taşxisi bilan oğir ahvolda yotqizilgan. 10 iyul kuni bemorda bezovtalik, köngil aynib qayt qiliş kuzatilgan. Vraç-pediatr N.Esanova  tomonidan bemor zudlik bilan bolalar reanimatsiya bölimiga olib çiqilib, reanimatsion muolajalar körsatilgan. Şunga qaramasdan soat 12:10da bemorda biologik ölim kuzatilgan.

Bu haqda ota-onasiga xabar berilgaç, soat 14:30lar atrofida bolaning otasi piçoq bilan filialning bolalar reanimatsiyasi şifokori A.R. va viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining bolalar reanimatsiyasi şifokori A.B.ga qasddan jarohat yetkazgan. Vraç A.R.ga tibbiy yordam körsatilib, jarohatiga çoklar qöyilgan. Vraç A.B.ning boş qismi sançilib kesilgan jarohatiga çoklar qöyilib, gospitalizatsiya qilingan.

Voqea töğrisida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berilgan bölib, bugungi kunda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Filial direktori S. Xudoyberdiyevning qayd etişiça, sönggi paytlarda  tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoşlari tomonidan tajovuz va zöravonliklar, hatto suiqasd uyuştiriş holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Jumladan, şu yil 3 aprel kuni Tez tibbiy yordam navbatçi feldşeri M.Komilov çaqiruvga borgan vaqtida bemor va uning qarindoşlari tomonidan sababsiz ravişda haqoratlanib, tez tibbiy yordam maşinasining oynasi sindirilib, moddiy zarar yetkazilgan. Xuddi şunday holat joriy yilning 8 may kuni ham kuzatilgan bölib, soat 18:30da Sirdaryo tuman tibbiyot birlaşmasi şifokori M.Akromovaga bemor va uning qarindoşlari tomonidan qasddan tan jarohati yetkazilgan.

Ma'lumotlarga köra, birgina Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida 2018 yil va 2019 yilning ötgan olti oyi davomida 50dan ortiq tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoşlari tomonidan noqonuniy tajovuz qilinişi bilan boğliq qonunbuzarliklar sodir etilgan.

«Soğliqni saqlaş vazirligi jamiyatimizda fuqarolarning şifokorlarga tajovuz qiliş kabi holatlarning köpayib ketayotganini hisobga olib, yana bir bor, uşbu illatning oldini olişning eng samarali yöllaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uçun qat'iy javobgarlikni kuçaytiriş lozim, deb hisoblaydi. Şuning uçun ham ayni kunlarda vazirlik Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va qator huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda bu boradagi qonunçilikni takomillaştiriş ustida işlamoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.