Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, şifokorlarga nisbatan bölayotgan zöravonlik holatlariga e'tibor qaratdi.
«Şifokorlarimizning jamiyatimizdagi örni va maqomini kuçaytiriş, xuddi öqituvçilarniki kabi tibbiyot xodimlarining ham obrösini kötarişimiz, ularga munosabatni özgartirişimiz kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda ularga nisbatan bölayotgan zöravonliklarni körib qolamiz. Bu bizning mentalitetimizga umuman töğri kelmaydigan holat, buni heç narsa bilan oqlab bölmaydi.
Şuning uçun şifokorlarning maqomini, obrösini oşirimiz şart. Xuddi öqituvçilarga qilganimiz kabi şifokorlarga ham munosib mehnat şaroiti yaratiş uçun amaliy işlar qilişimiz lozim», deb ta'kidladi prezident.
Ma'lumot uçun, sönggi bir oy içida Sirdaryoda tez tibbiy xizmat xodimiga tajovuz qilindi, Namanganda bemor qarindoşining tajovuzi oqibatida şifokor köriş qobiliyatini töliq yöqotdi, Surxondaryoda esa hamşira bemorning buvisi tomonidan kaltaklandi.

















