Namangan viloyati Uçqörğon tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi jarrohi O. Q.ga bemorning toğasi tomonidan tajovuz qilinib, tiklanib bölmas jarohat yetkazildi. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan uşbu vaziyat atrofliça örganildi.
Vazirlik Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning xabar berişiça, 2020 yil 2 yanvar kuni 18.30larda Namangan viloyati Uçqörğon tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi bolalar bölimiga ambulator murojaat qilgan bemorga zudlik bilan vaqtida yordam körsatilgan. Bemor bolaning toğasi, Farovon MFYda yaşovçi, 1990 yil tuğilgan B.T. muolaja xonasi oldida janjal kötarib turgan paytda tuman şoşilinç tibbiy yordam bölimi bolalar bölimi navbatçi jarrohi, 1960 yil tuğilgan O.Q. borgan. Şundan söng u B.T.ning qölidan yetaklab, tinçlantirişga harakat qilib, zina oldidagi eşikka olib borgan va taşqariga çiqarib, eşikni yopgan. Vraç orqaga qaytayotgan paytda B.T. eşikni tepib, buzib içkariga kiradi va navbatçi jarrohga qöqqisdan öng közi sohasiga kuçli zarba bergan.
Oqibatda O.Q.ning öng köz olmasini posttravmatik yorilişi kuzatilgan. Uşbu voqea paytida terapiya bölimi navbatçi hamşiralari va xirurgiya post navbatçi hamşirasi öşa yerda bölgan. Şundan söng navbatçi vraçga tan jarohati yetkazgan B.T. voqea joyidan qoçgan. Yolğiz qolgan jabrlanuvçiga terapiya bölimida davolanayotgan bemor D.I qonayotgan sohaga paxta qöyib yordam körsatgan. Bölim navbatçi farroşi reanimatsiya bölimidagi navbatçi vraçlarni çaqirgan.
Jabrlanuvçi boğlov xonasiga olib kirilgan va şoşilinç ravişda okulist Z.Valiyev çaqirilgan hamda “102” navbatçilik qismiga xabar berilgan. Okulist tomonidan bemor körilgan va birlamçi tibbiy yordam berilib, tez yordam aviatsiyaga xabar berilgan. Bemor zudlik bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yetkazilgan. Bu yerda şifokorlar tomonidan zudlik bilan tekşiruvdan ötkazilib, “Yopiq kalla boş miya jarohati. Öng köz olmasining travmatik katta yorilişi, köz gavharini çiqişi” dastlabki taşxisi bilan yotqizilgan. Şu kunning özida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan viloyatga tajribali mutaxassislar yuborilgan.
Joriy yil 3 yanvar tongda, soat 05:00da şoşilinç ravişda Respublika ixtisoslaştirilgan köz kasalliklari şifoxonasi bölim boşliği Muhabbat Ibragimova va bölim şifokori Asqar Husanov tomonidan bemordagi öng köz olmasi şakli buzilişi va yumşoq töqimalar şikastlanişiga birlamçi murakkab xirurgik işlov beriş operatsiyasi ötkazilgan.
Ayni paytda tajribali şifokorlar tomonidan bemorga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda. Biroq, jabrlanuvçi şifokorning közi qayta tiklanmaydigan darajada köriş qobiliyatini yöqotgan.

















