Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida bemorga yordam bermoqçi bölgan hamşiraga uning buvisi tomonidan tajovuz sodir etilgani tasvirlangan video tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu videoxabarni atrofliça örgandi.

«2020 yil 5 yanvar kuni soat 19:00 atrofida Surxondaryo viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining qabul bölimiga 2017 yil tuğilgan bemor F.M.ning tana harorati yuqori ekanidan şikoyat qilib, amakisi hamda buvisi tomonidan murojaat qilinadi.

Qabul bölimi hamşirasi S.B. birinçi yordam körsatiş maqsadida bemorning tana haroratini ölçaydi. Tana harorati yuqori ekanini aniqlagan hamşira haroratni tuşiriş maqsadida paratsetamol şamçasini qöyiş uçun bemorni muolaja xonasiga olib kirişni körsatadi. Şunda tösatdan bemorning buvisi sababsiz hamşiraning şaxsiyatiga tegadigan haqorat sözlar bilan baqirib, uni kaltaklaydi.

Şunga qaramay, qabul bölimida navbatçi şifokor A.N. tomonidan bemor F.M.ga birinçi yordam körsatilgan va «Ötkir respirator kasalligi» taşxisi bilan statsionar davolanişga yotqizilgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Bolaning amakisi, buvisi va qarindoşlari tomonidan kaltaklagan hamşira S.B. «Boş miya çayqalişi, çap çakka sohasi yumşoq töqimalarining ezilişi» taşxisi bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya bölimiga yotqizilgan. Bemorning ahvoli tajribali şifokorlar tomonidan nazoratga olingan bölib, malakali tibbiy yordam körsatilmoqda.

Uşbu holat yuzasidan viloyat içki işlar boşqarmasi va viloyat prokuraturasiga murojaat qilingan. Mazkur vaziyat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

«Biz bu kasbni kaltaklaniş, xörlaniş uçun tanlamaganmiz. Bu voqea oilamizga, tört nafar farzandimizning ruhiyatiga qattiq ta'sir qildi. Şifokorlarga nisbatan qilinayotgan tajovuzlar qaçongaça davom etişi mumkin? Öz xizmat vazifasini tun-u kun bajarayotgan tibbiyot xodimining xavfsizligi qaçon ta'minlanadi? Huquqni muhofaza qiluvçi organlardan turmuş örtoğimga qöl kötarganlarga nisbatan keskin jazo çoralarini körişlarini talab qilaman», deydi kaltaklangan hamşiraning turmuş örtoği, tibbiyot xodimi Xolmömin Eşdavlatov.

Soğliqni saqlaş vazirligi yana bir bor tibbiyot xodimlarini himoyalaş böyiça qonunçilikni kuçaytirişga çaqirgan.