Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yuz bergan janjal videosi tarqaldi. Unda 25-30 yoş atrofidagi yigit katta yoşli şifokorni kaltaklayotgani aks etgan.

Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabariga köra, videodagi mazkur hodisa 6 fevral kuni soat 10:30larda sodir bölgan.
«22 yoşli A.K Çust tumanida joylaşgan 46-sonli oilaviy poliklinikada böla turib, jamiyatda örnatilgan yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinikada bölim mudiri lavozimida işlovçi 59 yoşli X.L. bilan özaro gap talaşib, uning yuziga qöli bilan urib, yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















