«Boş vazir jonlantiriş bölimidan palataga olindi va davolanişning birinçi bosqiçini jiddiy nazorat ostida davom ettiradi. Uning kayfiyati juda yaxşi», deya Jonsonning vakilining sözlarini keltirmoqda Reuters.
Boris Jonsonda 27 mart kuni koronavirus aniqlangan va uning özi bu haqda tvitterdagi sahifasida xabar qilib, masofadan işlaşini ma'lum qilgandi. Ammo 10 kun ötib ham kasallik alomatlari yöqolmagaç, 55 yoşli Jonson 6 aprel kuni Londondagi Sent-Tomson kasalxonasiga yotqizilgan.
Boş vazir uç kun davomida muolajalarni har ehtimolga qarşi jonlantiriş bölimida olayotgandi. Jonson davolanişda bölgan vaqtida Britaniya boş vaziri lavozimini vaqtinça taşqi işlar vaziri Dominik Raab egallab turibdi.













