Britaniya sobiq boş vaziri Boris Jonson 24 fevral, uruş boşlanganining uç yilligi munosabati bilan Kiyevga bordi. Zelenskiy bilan uçraşib hamon Ukrainani qöllaşda sobit ekanini aytgan siyosatçi taşrifi davomida ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga qisqa intervyu berdi. 11 daqiqa davom etgan suhbatda Jonson AQŞ prezidenti Tramp nega Ukrainaga nisbatan bunday siyosat yuritayotganini tuşuntirdi.
Suhbat Oq uydagi Tramp va Zelenskiy örtasidagi tortişuvdan avval ötkazilgan. Imkoningiz bölsa, rus tiliga tarjima qilib joylangan bu intervyuni körişingizni tavsiya qilaman, çunki Jonson voqealarga ekspert yoki oddiy odam sifatida emas, butun boşli Britaniya hukumatini boşqargan siyosatçi sifatida munosabat bildirgan.
«Ukrainani yaxşi köradigan, qat’iyat bilan qöllaydigan va uruşda ğalaba qozonişiga işonadigan odam sifatida bu davlat haqida Vaşingtondan turib yolğon gaplar aytilayotganini eşitiş oğir. Kreml öylab topgan gaplar Oq uydagi bu masalalarni boşqalardan yaxşiroq tuşunişi kerak bölgan odamlar tomonidan aytilayotgani jirkanç va katta xato.
Ukraina uruşni boşladi deyiş, Zelenskiyni diktator deb Putin bilan soliştiriş aqlga siğmaydigan iş. Ha, bularning hammasi yolğonligi körinib turibdi», deydi Jonson sözi avvalida Tramp aytayotgan gaplarni qöllamasligini tuşuntirarkan.
Darvoqe, Jonsonning intervyusidan keyin Tramp Zelenskiyni diktator deganidan tonişga ham ulgurdi. Lekin janob Tramp Ukraina prezidenti saylanmagan diktator degani rost, buning isboti Kun.uz Youtube-kanalida ham turibdi.
Jonsonga köra, Tramp aytayotgan gaplarining köpi rost emasligini özi ham biladi va u Zelenskiy kelişuvga qöl qöyişi uçungina şunday bosim ötkaziş yölini tanlagan: «Trampni hurmat qilişim uçun sabablar yetarli, u tinçlik istamoqda. Bu borada Amerika prezidenti muzokara ötkazişi kerak bölgan uç tomon bor: Ukraina, Yevropa va Rossiya. Tramp uç tomonni ham harakatga keltirmoqçi. Masalan, Yevropa Ukrainani himoya qiliş uçun köproq harakat qilişi kerakligini aytmoqda, axir Ukraina çindan Yevropada. Britaniya ham harbiy xarajatlarni 2030 yilga borib YaIMning 3 foizi darajasiga yetkazişi kerak. Tramp şu sabab yevropaliklarga bosim qilyapti», deydi Jonson.
Britaniya sobiq boş vaziriga köra, respublikaçilar orasida Trampning quloğiga bölmağur gaplarni valdiraydigan odamlar juda köp. Jonson uruş ketayotgan vaqtda Putindan intervyu olgan Trampning dösti Taker Karlsonni yoqtirmasligini yaşirmay, Trampni aldayotganlarga aynan şu jurnalistni misol qilgan.












