Yevropa mamlakatlaridagi fermerlar koronavirus epidemiyasi sababli mavsumiy işçilar yetişmasligiga duç kelmoqda.
Ispaniyada qulupnay terib olgani heç kim yöq, deb yozmoqda Deutsche Welle. Koronavirus bois e'lon qilingan çeklov çoralari sababli marokaşlik mavsumiy işçilar Ispaniyaga kela olmayapti. Bundan taşqari, Şarqiy Yevropa mamlakatlaridan keluvçi işçilar ham öz vatanlariga qaytib ketgan.
Ispaniyadagi barça qulupnaylarning 97 foizi yetiştiriluvçi Uelva provinsiyasida 25 ming nafar işçi yetişmayapti.
Germaniyadagi fermalarda işlaş uçun 300 ming kişi kerak.
Italiyada sarsabil va qulupnay yetildi, ammo çeklov çoralari sababli migrant işçilar mamlakatga kela olmayapti, deb xabar bermoqda Politico naşri. Mamlakat oziq-ovqat, qişloq va örmon xöjaligi vaziri Tereza Bellanova migrantlarga hujjat olmasdan işlaşga ruxsat berişni taklif qildi.
Ötgan haftada Yevropa parlamenti tadqiqot markazi migrant işçilar yetişmasligi sababli supermarketlarda narxlar oşişi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mahsulotlarning katta qismi dengiz orqali taşiladi. Çegaralar yopilgani bois tijorat kemalari portlarga erkin kira olmayapti yoki ekipajga yangi a'zolar qabul qila olmayapti. Bu ham oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berişga salbiy ta'sir qilmoqda.













