Bugun oramizda badiiy tarjimonlik bilan şuğullanayotgan “körinmas qahramonlar” ham borki, ularning zahmatli va maşaqqatli işlari e'tirofga loyiq. Çunki ular yurt adabiyoti orqali özbek nomining turli millat va elat öquvçilari qalbidan joy olişiga asosiy sababçilardir. Ana şunday qahramonlarimizdan biri - Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi matbuot kotibi, “Femida” gazetasi muharriri Asror Allayarov bilan mavzu yuzasidan suhbat qurdik.
Asror Allayarov 1986 yil Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani Guvalak qişloğida tuğilgan. Hindistonning Bangalor universitetida tahsil olgan. Viloyatdagi “Daryo”, “Şarq dunyosi” hamda “Femida” gazetalarida boş muharrirlik qilgan. Hindistonning “Kafla-qit’alararo” jurnalida maslahatçi muharrir bölib işlagan. Birlaşgan Arab Amirliklarining “Al Shirawi” kompaniyasida faoliyat körsatgan.
Ilk hikoyalar töplami “A Decision” 2014 yilda AQŞda çop etilgan. Olti oy ötib uşbu töplam Yaponiyada yapon tilida “Zamonaviy özbek hikoyalari” nomi ostida naşr etilgan. 2017 yilda yangi töplami Serbiyaning “Alma” naşriyoti tomonidan serb tilida bosib çiqarilgan. Xalqaro Naji Naaman adabiy mukofoti sovrindori.
-Tarjimonlik faoliyati bilan şuğullanişingizga nima turtki bölgan? Aslida bu sohaga qiziqiş sizda qanday uyğongan?

-Yoşlikdan ijod qilaman. Hindistonda tahsil olayotgan paytlarim Hind okeanida joylaşgan Santa Mariya oroliga borganmiz. Öşanda “Oy yoğdusi” nomli qisqa şe'r yozganman va uni ingliz tiliga ögirganman. Şundan buyon bu jarayon sevimli işimga aylangan. Qator şe'r va hikoyalarimni ingliz tiliga ögirib, xorij naşrlariga yuborganman. Turli davlatlarning turli tillarda çiqadigan 30dan ortiq gazeta va jurnallarida çop etildi. Dunyoning 50dan ortiq tillariga tarjima qilindi. Şu jumladan, Afrika qit'asining sanoqli kişilar suhbatlaşadigan tillariga ham. Şundan söng köplab özbek adabiyoti namunalarini jahonga olib çiqiş istagi paydo böldi. Çunki bizning adabiyotimiz haqida hali xorij öquvçilarida deyarli tasavvur yöq. Buni şakllantiriş uçun esa köp işlaşimiz kerak.
-Sizning tarjimalaringiz asosidagi kitoblar aynan qaysi davlatlarda tarqalgan?
-Ularning köpçiligi AQŞda, şuningdek, Hindiston, Turkiya, Kanada, Serbiya, BAAda çop etilgan. Şuningdek, özbek adiblaridan qilgan tarjimalarim hind, fransuz, ispan, ingliz, turk, arab, italyan, grek tillarida naşr etilgan xalqaro antologiyalar, bosma naşrlarda e'lon qilingan. Turli yillarda bir neça ijodkorlarimiz Livanda ötkaziladigan xalqaro Naji Naaman adabiy mukofoti ğoliblari bölişdi. Xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlari xotirasiga bağişlab çop etilgan töplamlardan örin oldi. Bugungi kunda köpçilik özbek ijodkorlarining ingliz tilidagi töplamlari Amazon orqali sotuvda ham bor.
- Xorijdagi xalqaro tadbirlarda özbek adiblarining iştiroki va adabiyotimizning tarğiboti qay darajada?

-Ijodkorlarimiz Osiyo, Yevropa va Amerika qit'asidagi nufuzli anjumanlarda muntazam iştirok etib kelişmoqda. Hindistonda ötkazilgan önlab xalqaro adabiy festivallar, Ozarboyjonda ötkazilgan Turkiy tilli şoirlar anjumani, Turkiyada bölib ötgan “Özbek şe'riyati kunlari”da munosib qatnaşdik. Bu mamlakatlarning ijodiy uyuşmalari bilan doimiy hamkorlikni yölga qöydik.
-Asarlarining xorijiy tillarga tarjima qilinişi bu albatta eng katta yutuq emas, ijodkorlarga undan keyingi muhim jarayonlar böyiça qanday maslahatlar bera olasiz?
-Birinçi navbatda har bir ijodkorning özi çet tilini örganib, öz ijodini özi tarjima qilgani ma'qul. Bu öz fikr va qaraşlarini yuz foiz boşqa tilga köçira oladi degani. Tarjimadan söng köpgina xorijlik ijodkorlar adabiy agentlar bilan boğlaniş yöllarini izlaydi. Ayni şu inson esa adibning kelajakdagi mavqeini belgilab beradi. Öz mijozining qölyozmalarini naşriyotma-naşriyot olib boradi, xalqaro tanlovlarga muntazam yuboradi, kelajagi haqida qayğuradi. Buning ortidan muallif yaxşigina qalam haqi va adabiy agent kattagina uluş oladi. Köpçilik Nobel mukofoti sovrindorlarining muvaffaqiyatlari ortida ham aynan ularning adabiy agentlari turgan. Bugungi kunda yurtimizda ham ingliz tilida ijod qilib, xalqaro mukofotlarga intilayotganlar bor. Jumladan Baxtiyor Abduğafur, Gözal Röziyeva, Nodirabegim Ibrohimovalar bu borada sezilarli yutuqlarga erişişgan.
-Ayni paytdagi özingiz faoliyat körsatayotgan Qaşqadaryo viloyati turizmni rivojlantiriş hududiy boşqarmasida qanday yangiliklar yölga qöyilmoqda?
-Boşqarma taşkil etilganidan söng olib borilgan samarali işlar natijasida Şahrisabz Prezidentimiz tomonidan “Festivallar şahri” deb e'lon qilindi. Bugungi kunda viloyatda bir yilda 20 ga yaqin madaniy tadbirlar, 7ta xalqaro festival ötkazib kelinmoqda. Yana bir e'tiborli tomoni, 2019 yilda Kitob tumanida ötkazilgan “Anor” festivali doirasida Şahrisabz hamda Italiyaning Kazerta şaharlari “egizak şaharlar” maqomini oldi. Boşqarma axborot xizmati xorijiy naşrlar bilan muntazam hamkorlikni yölga qöygan. Yevropa, Lotin Amerikasi hamda Osiyo mamlakatlari naşrlarida faoliyatimizga oid çiqişlar qilinmoqda. Bu esa vohamizga keluvçi xorijiy sayyohlar sonining ortişiga sezilarli ta'sir ötkazyapti. Joriy yilning iyun oyida dunyodagi eng baland Everest çöqqisi yölida Qaşqadaryo ötovini joylaştiriş böyiça Nepal Turizm departamenti bilan kelişuvga erişilgan edi. Bu işlar butun dunyodagi karantin rejimi sababli yil oxiriga qolsa kerak.












