Şu yil 9-21 avgust kunlari Özbekiston Muaytay federatsiyasi bir guruh yoş sportçilar bilan Malayziyaga ösmirlar örtasida jahon çempionatida qatnaşiş uçun borgan. Delegatsiya tarkibida bölgan federatsiya rasmiylari musobaqalar davomida boşqa federatsiyalar va rasmiylar bilan muzokaralar ötkaziş uçun pullik asosda tarjimon qidirib, Malayziyada uzoq vaqt işlagan axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis Anvar Narzullayevga aloqaga çiqişadi.

Anvar Narzullayev federatsiya a’zolariga Malayziyadagi oliygohlardan birida ta’lim oluvçi özbekistonlik R. ismli yigitni tavsiya qilgan.

Tarjimon yigit 11 kun davomida federatsiya a’zolariga hamrohlik qilib, jami 3 ta rasmiy muzokarada tarjimonlik qilganini bildirdi. Musobaqalar yakunlangaç esa federatsiya boş kotibi Jamşid Bekmurodov talaba yigitga vatanga yordam berganini, uni mehmonxonada ovqatlantirişganini aytib, iş haqini bermagan.

“Hamma işimni taşlab, tarjimonlik qiliş uçun keldim. 3 ta rasmiy muzokaralarda tarjimonlik qildim, bundan taşqari 24 soat davomida şu federatsiyadagilarda nima masala bölsa: biror joyga borib keliş böladimi yoki biror narsa söraş, yordam berib turdim. Oxiriga kelganda, tarjimon uçun pul ajratilmagan edi, oldinroq aytganingda boşqasiga iltimos qilardik, deyişdi.

Xullas, “seni mehmonxonada olib yurdik, ovqatlantirdik, vatan uçun yordaming tekkaniga xursand bölmaysanmi” deb, ketvorişdi. Men ham katta pul söramadim, indamay qöya qoldim. Aslida tarjimon va gidlik qiladiganlar kuniga 100 dollardan oladi, men jami 400 dollar degandim”, – deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan talaba.

Voqea – uşbu talabani tarjimonlikka tavsiya qilgan, aniqroği örtada turgan Anvar Narzullayev tomonidan jamoatçilikka oşkor qilingan. Post muhokamalarga sabab bölgaç, Muaytay federatsiyasi rasmiylari tarjimon yigitga aloqaga çiqib, postni öçirtirişni, masalani bir kunda hal qilişlarini aytgan.

Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan Özbekiston Muaytay federatsiyasi boş kotibi Jamşid Bekmurodovning aytişiça, Malayziyada haqiqatda ham tarjimon yigit bilan yuqoridagi hodisa sodir bölgan.

“Özim ham, şeriklarim ham sal-pal ingliz tilini bilamiz, lekin muzokaralar ötkaziş darajasida emas. Şuning uçun döstimdan tarjimon söragan edim. U tavsiya qilgan kişilar orqali R. ismli talaba yigit bilan boğlandik. U Xalqaro Muaytay federatsiyasi raisi bilan ötkazilgan yiğilişda bizga tarjimonlik qildi. Qolgan vaqtlarda asosan kunlik mayda-çuyda narsalarda ba’zi gaplarni tarjima qilib berdi, xolos.

Xalqaro Muaytay federatsiyasi boş kotibi Stefon Foks va Özbekiston Muaytay federatsiyasi boş kotibi Jamşid Bekmurodov / Foto: Sport vazirligi
Stefon Foks va Jamşid Bekmurodov muzokarasi / Foto: Sport vazirligi

R. kelib-ketiş uzoq bölgani uçun mehmonxonada, bizning oldimizda qoldi va biz bilan birga ovqatlanib yurdi. Keyin 6-kunga kelib federatsiya raisi örinbosari Hamid akaga meni xizmat haqim nima böladi, debdi. Men unga Sport vazirligi faqat sportçi va murabbiylarga pul ajratganini, tarjimon uçun pul ajratilmaganini aytdim. Agar oldinroq bizni tarjimonlik va gidlik xizmatimiz pullik, deb aytişganida, men elçixonadagi Şuhrat ismli yigitga iltimos qilardim.

Men oldin bunaqa vaziyatga tuşmaganim uçun tarjimon xizmati pullik ekanini bilmagandim. Şunga qaramay, tarjimonga könglimizdan çiqarib 200 dollar qilib beramiz, dedik. Lekin reysimiz keçikkani uçun yana bir kun mehmonxonada qolib, imkonini qilolmadik.

Bugun men öz hisobimdan tarjimon yigitga 100 dollar yubordim, qolgan 100 dollari Hamid aka uni olib yurganida sarflagan edi. Unga ham aytib qöydik. Şunça medal olib kelib, Özbekiston muaytayida yangi sahifa oçganimizda bu gap-sözlar bizni xafa qildi. Men bölganimda yurtdoşlarimga vatan uçun xolis xizmat qilardim”, – deya Jamşid Bekmurodovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tarjimon bilan qayta boğlanganimizda u avval kelişilgan haqning bir qismini olgani va bunga rozi ekani, masala yopilganini aytdi.

Foto: Xalqaro muaytay federatsiyasi

Xalqaro muaytay federatsiyasi şafeligida ötkazilgan ösmirlar örtasidagi Jahon çempionatida Özbekistonlik sportçilar 6 ta oltin, 3 ta kumuş va 4 ta bronza medallarni qölga kiritişgan. Jamoa umumjamoa hisobida 130 mamlakat orasida 3-örinni qayd etgan.

Muaytayçilar Toşkent aeroportida tantanali kutib olingan. / Foto: Sport vazirligi