Diniy erkinlik: AQŞ «qora röyxati»dan çiqqan Özbekiston «maxsus kuzatuv»dan ham çiqişi uçun nima qilişi kerak?
|22:06 / 30.04.202021 5279 min
AQŞ Davlat departamenti Özbekistonni diniy erkinliklarga oid «qora röyxat»dan çiqarganidan bir yarim yil ötib, mamlakat bu yönalişda erişgan yutuqlarni Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ Komissiyasi (USCIRF) ham rasman e'tirof etdi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
USCIRFDavlat departamentiga Özbekistonni «maxsus kuzatuv röyxati»ga ötkazişni tavsiya etmoqda.
Komissiya raisi Toni Perkins 2019 yilda Özbekiston «diniy guruhlar uçun köproq erkinlikni ta'minlaş böyiça öz majburiyatlarini bajarişda sezilarli ilgarilaşga erişgani»ni qayd etdi.
«2019 yilda ba'zi hukumatlar, ayniqsa USCIRF bilan yaqindan hamkorlik örnatgan 2ta davlat tomonidan körilgan ijobiy çoralar bizga yuqori kötarinkilik bağişladi», dedi Komissiya rahbari Özbekiston va Sudanni nazarda tutgan holda.
Özbekistonda hokimiyat almaşgaç, AQŞ bilan diniy erkinlik masalalarida ham tez-tez maslahatlaşuvlar ötkazib turilmoqda, USCIRF bilan muntazam aloqa örnatilgan. Komissiya a'zolari va ekspertlari 2019 yil davomida 11ta davlatga xizmat safari bilan borgan bölsa, ular orasidan faqat Özbekistongagina ikki marta (may va sentabr oylarida) taşrif bilan kelişgan.
AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo fevral oyi boşida Özbekistonga qilgan ilk taşrifi davomida Toşkent şahar boş imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boşqa diniy faollar bilan ham uçraşgan edi.
2020 yilgi hisobotda Özbekiston haqida nimalar deyilgan?
«2019 yilda Özbekistondagi diniy erkinlik bilan boğliq vaziyat ijobiy tomonga özgardi. USCIRF mamlakatni 2005 yildan buyon «alohida xavotirga molik davlatlar» röyxatiga kiritib kelişiga sabab bölgan omillar yuzasidan hukumat muhim çoralar kördi», deyiladi hisobotning Özbekistonga oid sahifasidagi ilk satrlarda.
Komissiya Özbekiston huquqni muhozafa qiluvçi organlari tomonidan diniy guruhlarning ta'qib qilinişi töxtatilgani, Jasliq qamoqxonasining yopilgani, AQŞ va xalqaro taşkilotlar bilan diniy erkinliklar böyiça yaqindan hamkorlik qilişda davom etayotganini e'tirof etgan.
Mavzuga oid
Şu bilan birga, USCIRF diniy ekstremizm va taqiqlangan taşkilotlarga a'zolikda ayblangan mahkumlarning hibsda qolayotgani, ba'zilarining ozodlikdan mahrum etiliş muddatlari uzaytirilgani va diniy faoliyati ortidan qamoqqa olingan ayrim mahbuslar qiynoqqa solinayotgani haqida ma'lumotlar borligini qayd etgan.
Şuningdek, hisobotda musulmonlarning soqol östirişi, muslimalarning hijob öraşiga nisbatan hukumatning munosabati ijobiy emasligi ta'kidlangan.
«Bir qator holatlarda Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev musulmonlarga nisbatan oçiqçasiga adovatini namoyiş etdi, xususan hijob öraganlarga toqat bilan yondaşgan xodimlariga tahdid qildi», deya qayd etilgan USCIRF şarhida.
«Avgust oyida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar Toşkentdagi bozorlarning birida taxminan yuz kişini qölga olib, ularni soqolini olişga majburladi. Bu tadbir fuqarolar smart-kameralar tomonidan tanib olinişi uçun ularning yuz körinişini pasportlaridagi rasmlari bilan bir xil bölişini ta'minlaş maqsadida amalga oşirilgani bilan izohlandi. Şunga öxşaş kamida yana bitta holat keyingi oyda Namanganda kuzatildi», deyiladi hisobotda.
Hujjatda Toşkent Xalqaro islom akademiyasining sobiq talabasi Luiza Möminjonova bilan röy bergan holat haqida ham söz boradi.
Şuningdek, ma'lum toifa fuqarolarga Haj va Umra ziyoratlariga boriş çeklangani, norasmiy yoş çeklovi qöyilgani, bu ziyoratlarni amalga oşiriş uçun xususiy turfirmalarga ruxsat yöqligi, avgust oyida BAAdagi xususiy turfirma orqali hajga borib qaytgan 35 kişi Toşkent xalqaro aeroportida söroq qilingani aytilgan xabarlar tarqalgani ham eslab ötilgan.
«Maxsus kuzatuv röyxatidan» ham çiqiş uçun nima talab etiladi?
«Amerika ovozi» jurnalisti Navbahor Imomovaning sözlariga köra, AQŞ tomonining çaqiriğida soqol va römol masalasi ham bölsa-da, «lekin umuman olganda asosan qonunçilikdagi me'yorlar bilan boğliq muammolar Vaşington diqqat markazida».
USCIRF`ning 2020 yilgi hisobotida aytilişiça, Özbekiston diniy sohadagi qonunçilikni yangilaşi va diniy sabablar bilan qamalganlarni ozod etiş amaliyotini davom ettirişi kerak.
Komissiya raisi örinbosari Nadin Mayenza bergan izohga köra, Özbekistonda 1998 yili qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun asosiy muammo bölib qolmoqda.
«Biz O‘zbekictonda bölganimizda hukumat bilan oçiq gaplaşdik, muammolarni muhokama qildik. Muloqot jadal. Özbekiston hukumatida ahvolni yaxşilaş uçun harakat töxtamasligi lozim. Asosiy muammo – 1998 yilda qabul qilingan qonun. U diniy taşkilotlarni röyxatga olişni çeklaydi va qiyinlaştiradi. Komissiyamiz mana şu qonunni özgartirib, Özbekistonda huquqiy islohotlarni jadallaştirişga çaqiradi. Umid qilamizki, bu muammo bartaraf etiladi», – degan Nadin Mayenzaning sözlarini keltirmoqda «Amerika ovozi».
Hisobotda Özbekiston qonunçiligiga asosan diniy taşkilotlar röyxatdan ötişi şartligi, diniy adabiyotlarning tegişli organlar bilan kelişilişi tartibi, prozelitizm va missionerlik faoliyati taqiqlangani, xususiy diniy ta'lim çeklangani, diniy guruhlarni röyxatga oliş uçun mahalladan ham rozilik olinişi kerakligi kabilarga e'tibor qaratilgan.
AQŞ Özbekistondan nimani kutmoqda?
Komissiya a'zolari bilan suhbatlaşgan jurnalist Navbahor Imomovaning aytişiça, Vaşingtondagilar Özbekistondan mamlakatda öta mukammal diniy vaziyat yaratişni sörayotgani yöq.
«Oçiği, bu komissiya a'zolari bilan gaplaşsangiz, ular: «Biz, albatta, möjiza kutayotganimiz yöq. Kelasi bir neça yilda Özbekiston e'tiqod erkinligi har jihatdan ta'minlangan davlatga aylanişi kerak, degan talab qöyayotganimiz yöq. Biz Özbekiston hukumatiga eslatyapmiz: agar Amerika bilan yaqindan aloqa qilmoqçi bölsangiz, hamkorlik kengayişini xohlasangiz – nafaqat siyosiy jihatdan, balki biznes va xususiy sektor bilan riştalarni mustahkamlamoqçi bölsangiz – diniy erkinlik juda ham muhim», deyişadi.
AQŞda juda katta bizneslar ham ularning vijdon erkinligini hurmat qilişingizni xohlaydi. Diniy erkinlik deganda dindorlar bilan birga dinsizlarning ham erkinligi nazarda tutiladi. Bu Komissiya qaysidir mamlakatda ateistlarning huquqini himoya qilib çiqişi, yoki Saudiya Arabistonida şia mazhabidagi insonlarning qatl etilişiga, Şimoliy Koreyada nasroniylarning qamoqda ötirganiga, Bangladeşda minglab birmalik musulmonlarning qoçqin ekaniga, Xitoyda ikki millionga yaqin uyğurlar va boşqa millatdagi musulmonlarning haq-huquqi toptalişiga qarşilik bildiradi. Yoki deylik Lotin Amerikasida çerkovlar tazyiq ötkazayotgan odamlarga yordam berişga harakat qilyapti. Pokistonda zörlab islomdan nasroniylikka yoki nasroniylikdan islomga ötkazilayotgan odamlarning huquqini himoya qilişga harakat qilyapti.
Şu boisdan ular Özbekistondan har jihatdan mukammal siyosat kutayotgani yöq. Muhimi – Özbekiston hozirgiga qaraganda erkinlaşişi va aniq kutilayotgan narsa – 1998 yilda qabul qilingan qonunni özgartiriş», deydi Navbahor Imomova.
Jahonda demokratiya va inson huquqlari ustidan nazorat funksiyasini zimmasiga olgan AQŞ 1998 yilda xalqaro vijdon erkinligi haqida qonun qabul qilgan. Qonun bilan Xalqaro diniy erkinliklar böyiça AQŞ Komissiyasi (USCIRF) taşkil etilib, unga jahon mamlakatlarida e'tiqod huquqiga rioya etilişini monitoring qilib boriş vazifasi yuklatilgan.
Federal hukumatning mustaqil organi hisoblanuvçi Komissiya 10 nafar a'zodan iborat, ular AQŞ prezidenti va Kongress palatalari yetakçilari tomonidan tayinlanadi. Komissiya AQŞ rasmiylariga dunyo mamlakatlarida diniy huquqlar ta'minlanişiga oid vaziyat yuzasidan axborot berib, taşqi siyosatda diniy masalalarga urğu berib turadi. Hay'at a'zolari (komissarlar) iştirokida Kongressda yoki jamoatçilik uçun oçiq eşituvlar taşkil etiladi.
Komissiya diniy erkinlik böyiça dunyodagi vaziyatga oid yillik hisobotlar e'lon qiladi. Uşbu hisobotlar tavsiyaviy xarakterga ega bölsa-da, AQŞ hukumati va parlamenti a'zolari tomonidan muayyan mamlakat bilan hamkorlikka oid qarorlar qabul qilişda inobatga olinadi, muayyan davlatlardagi vaziyat haqida xalqaro jamoatçilik fikrini şakllantirişda muhim öringa ega.
Hisobotda vijdon erkinligi çeklangan yoki töla ta'minlangani şubha ostida bölgan mamlakatlar ikki toifaga ajratiladi: «vaziyat alohida xavotirga molik» va «alohida kuzatuv ostidagi» davlatlar. AQŞ birinçi toifa («qora röyxat»)dagi davlatlarga yuqoridagi qonunga asosan iqtisodiy sanksiyalar qöllaşi, ular bilan hamkorlikni çeklaşi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi