Komissiya hisobotida Özbekiston 2019 yil davomida diniy sohada amalga oşirgan özgarişlar e'tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida ta'kidlab ötilgan.

«Özbekiston hukumati diniy sohaga oid muammoli qonunlarni qayta körib çiqişi (hukumat şunday qilişni va'da qilgan) va hibsda uşlab turilganlar masalasini hal etişi zarurligiça qolayotganiga qaramay, USCIRF sönggi bir yilda kuzatilgan umidbaxş özgarişlarga asoslangan holda Davlat departamentiga Özbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» röyxatiga ötkazişni tavsiya qilmoqda», – deyiladi Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ komissiyasi hisobotida.

Qayd etiş kerak, AQŞ Davlat departamenti Özbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» röyxatidan 2018 yil dekabrda çiqarib bölgan.

Biroq USCIRF 2019 yil aprelida Davlat departamentining bu qarorini ma'qullamagan, Özbekistonni «qora röyxat»ga qaytarişni maslahat bergandi.

Şunga qaramay, Komissiya tavsiyasi Davlat departamenti tomonidan inobatga olinmagan, AQŞ taşqi siyosat idorasi 2019 yil dekabrida Özbekistonni «alohida kuzatuvdagi davlatlar» toifasida qoldirgan edi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ komissiyasining yillik hisobotlarida 2005 yildan buyon «alohida xavotirga molik davlat» sifatida qayd etib kelingan.

2020 yilgi hisobotda 15ta davlat "maxsus kuzatuv ostida" bölişi kerakligi, 14ta davlatdagi diniy vaziyat esa "alohida xavotirga molik" ekani aytilgan.
Foto: USCIRF

2020 yilgi hisobotda Özbekiston bilan birga Qozoğiston, Afğoniston va Ozarboyjon doxil jami 15ta mamlakat «maxsus kuzatuvdagi davlatlar»