2019 yil 17 sentabr kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyevning AQŞning Xalqaro e'tiqod erkinligi komissiyasi maxsus vakili Nadin Menza boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Tomonlar e'tiqod erkinligini, dinlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlaş sohasida hamkorlik qiliş yuzasidan fikr almaşdi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabarida aytilişiça, e'tiqod erkinligini ta'minlaş sohasida çinakam muvaffaqiyatga erişiş siyosiy-huquqiy islohotlarning muhim qismi sifatida körib çiqilmoqda. 

“Birinçi navbatda, e'tibor din sohasidagi milliy qonun hujjatlarini takomillaştiriş va erkinlaştirişga qaratilmoqda. Diniy adabiyotlarni tayyorlaş, olib kiriş va tarqatiş uçun ruxsat oliş tartib-taomillari soddalaştirildi. Diniy taşkilotlarni davlat tomonidan röyxatga oliş tartibi qöşimça ravişda maqbullaştirildi. “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonun 20 yilda ilk bor qayta körib çiqilmoqda. Özbekiston bu jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Özbekistonning din sohasidagi siyosati konfessiyalararo muloqotga yönaltirilganligi va diniy bağrikenglikni nazarda tutişi ta'kidlandi.

Uçraşuv yakunida tomonlar e'tiqod erkinligining dolzarb masalalari yuzasidan muloqotni davom ettirişga tayyor ekanligini bildirgan.