2019 yilning 22 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York şahrida AQŞning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topşiriqlar böyiça elçisi Samuel Deyl Braunbek bilan uçraşdi.

Uçraşuvda AQŞ tomoniga jamiyatning barça jabhalarini yanada liberallaştiriş, şuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlaşga qaratilgan siyosiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni töğrisida batafsil ma'lumot berildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida boşlangan mamlakatni modernizatsiya qiliş va demokratlaştiriş yönalişining ortga qaytmasligi alohida ta'kidlandi.

Qayd etilganidek, Samuel Deyl Braunbekning 2018 yil sentabr oyida Toşkent şahriga taşrifi, şuningdek, respublika delegatsiyasining 2018-2019 yillarda jahonda diniy erkinlikni ilgari suriş böyiça birinçi va ikkinçi vazirlar konferensiyalarida iştiroki natijalariga köra erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga mamlakat Hukumati sodiqligiga e'tibor qaratildi.

Prezident Donald Tramp ma'muriyati jahonda diniy erkinliklarni tarğib qilişga alohida e'tibor beradi. Elçi uşbu yönaliş taşqi siyosatning eng yuqori darajasiga kötarilganligini ta'kidladi.

Davlat departamenti vakili ta'kidlaşiça, sönggi uç yil içida respublikada inson huquqlarini ta'minlaş borasidagi yutuqlar, şuningdek, ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik darajasi Özbekistonni «alohida xavotir uyğotuvçi davlatlar» röyxatidan olib taşlaşga imkon berdi. Uning fikriça, bu yutuq Özbekistonning din erkinligini ta'minlaş borasidagi rahbarligi va majburiyati tufayli amalga oşirildi. Amerikalik diplomat «Jasliq» qamoqxonasini yopiş qarorini olqişladi.

Elçi ta'kidlaşiça, Vaşington şahrida bölib ötgan diniy erkinliklarni ilgari suriş böyiça vazirlar konferensiyalarida Özbekistonning nufuzli delegatsiyasi iştiroki olib borilayotgan islohotlarning AQŞ tomonidan e'tirof etilişining dalili böldi.

Şu örinda Samuel Deyl Braunbek Oliy Majlis deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunning körib çiqilişi boşlanganligini olqişladi. Elçi qonun loyihasining diniy e'tiqod erkinligiga amal qiliş masalalari borasidagi ilğor çet el tajribasi va xalqaro standartlarni özida aks ettirişiga umid bildirdi.

Samuel Deyl Braunbek Özbekistonning öz fuqarolarini Yaqin Şarqdagi harbiy mojarolar hududidan qaytarib olib keliş borasidagi sa'y-harakatlarini butkul qöllab-quvvatlaşini qayd etdi. AQŞ repatriatsiya qilingan şaxslarni tez muddatlarda reabilitatsiya qiliş va jamiyatga qaytarişi, jumladan radikal guruhlarga qöşilişning oqibatlari töğrisida ma'rifiy tadbirlarni kuçaytiriş böyiça mamlakatning ustuvor vazifalarini qöllab quvvatlaydi.