Özbekistonda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqiş jarayoni ketmoqda. Bu haqda Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi saytida xabar berilgan.

Uşbu qonun loyihasining maqsadi qonun normalarini 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktga muvofiqlaştiriş, diniy taşkilotni davlat röyxatidan ötkaziş tartibini soddalaştiriş, davlat röyxatidan ötişni rad etişning muayyan asoslarini aniqlaş, uşbu sohadagi vakolatli davlat organlarining vakolatlarini, sud tartibida diniy taşkilot faoliyatini töxtatişni, diniy taşkilotlarning rejalaştirilgan faoliyati töğrisida xabardor qiliş tartibini, diniy adabiyotlarni tayyorlaş va tarqatiş tartibini belgilaşdir.

Qonun loyihasi diniy taşkilotlarni röyxatga oliş tartibi diniy taşkilotlarni taşkil etiş uçun taşabbuskorlar sonining 100 kişidan 50 kişigaça qisqarişini, şuningdek, diniy ta'lim muassasalarini röyxatdan ötkaziş tartibi soddalaştirilişini közda tutadi.

Özbekiston Respublikasida diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş, qayta röyxatga oliş, tugatiş tartibini yanada maqbullaştiriş va soddalaştiriş böyiça xalqaro ekspert tavsiyalarini hisobga olgan holda, diniy taşkilotlarni röyxatdan ötkaziş ularning markaziy organlari uçun davlat boji beş marta – EKOIH ning 100 baravaridan 20 baravarigaça va diniy taşkilotlarning özi uçun 50 dan 10 gaça qisqartirildi. 

Röyxatga oluvçi organga hisobot beriş tartibi va muddati yiliga bir marta hisobot taqdim etiş talablarini belgilaş yöli bilan soddalaştirildi. Röyxatdan ötkazuvçi organning vakolatlaridan diniy taşkilotlarni tugatiş huquqi çiqarib taşlandi, diniy taşkilot faoliyatini sud tartibida töxtatiş belgilandi.

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlaş, olib keliş va tarqatiş sohasidagi tartibni takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Hukumatining tegişli qaroriga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar işlab çiqildi.