Işbilarmon, zamon bilan hamnafas insonlar uçun uyning qulay joylaşuvi juda muhim rol öynaydi. Hozir yurtimizda köplab turar-joylar barpo etilmoqda. Xaridorlar esa takliflar içidan eng sarasini tanlaşni istaydi.

NRG quriliş kompaniyasi poytaxt markazida qad rostlovçi ilk loyiha – Oybek turar-joy majmuasi sotuvi boşlanganini ma'lum qiladi. NRG kompaniyasi ikki qöşni mamlakatlarning yetakçi developerlari – Murad Buildings hamda BI group (Qozoğiston) tomonidan asos solingan qöşma brend bölib, uning dastlabki loyihasi esa Özbekistondagi birinçi zamonaviy «aqlli» turar-joy majmuasiga aylanişi kutilmoqda.

NRG Oybek Toşkent şahrining markazi – Oybek va Nukus köçalari kesişmasi yaqinida qurilmoqda. Majmua Toşkentning yangi nafasi bölib, unda yaşaydigan bölajak xonadon egalari özlari va oila a'zolari uçun xavfsizlik, qulaylik, farovonlik, xotirjamlik kabi uyğun hissiyotlarni tuhfa etişadi.

Xöş, yangi quriliş kompaniyasining NRG Oybek loyihasi sizlarni nimasi bilan hayron qoldirişi mumkin? Keling, majmuaning har bir qulayliklariga atrofliça töxtalib ötamiz.

Kerakli manzillar – bir qadamda!

Eng avvalo, NRG Oybek turar-joy majmuasining joylaşuvini qayd etiş joizdir. Bu yerda yaşaydigan aholi transport muammolariga duç kelmaydi. Istalgan manzil (maktab, supermarket, kasalxona, dorixona, restoran va h.k.)ga tez va oson yetib oliş mumkin: köp sonli avtobuslar qatnovi hamda metro bekatlarining yaqinda joylaşuvi uzoğingizni yaqin qiladi. Şuningdek, NRG Oybek aeroport va vokzalga ham yaqin yerda joylaşgan.

Kalitsiz uyga kiriş

Majmuada xonadon egalari uçun yaratilgan dastlabki ilğor texnologiyalarni biri – bu uyning kiriş eşigini kalitsiz oson oçişdir. Endilikda smartfon yordamida uyga yaqinlaşişingiz bilan eşikning özi avtomatik tarzda oçiladi. Avvallari «qölsiz, oyoqsiz eşik oçar» topişmoğiga javob «şamol» bölgan bölsa, hozirgi zamonaviy davrga kelib bu javobni NRG Oybek eşiklari, deb aytiş mumkin.

IP-domofon

Yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaş – biznes-klass turdagi uylarning asosiy xususiyatidir. Maxsus videokuzatuv tarmoği sizning bexavotir dam olişingiz va qulay yaşaşingizga xizmat qiladi.

«Smart» darvoza

Siz işga yoki öqişga şoşayotgan vaqtingizda avtoturargohga tösiqsiz kiriş uçun avtomobil raqamini öquvçi va şlagbaumni avtomatik ravişda oçuvçi maxsus tizim işlaydi. Uşbu tizim bazasida barça FVV (MÇS) xizmat avtomobillari va majmua aholisining avtotransport raqamlari kiritiladi. Tabiiyki, turar-joy hududiga begona maşinalar kira olmaydi.

«Aqlli» yoritiş tizimi

NRG kompaniyasi tomonidan taqdim etiluvçi intellektual yoritiş tizimi avtomobilingiz turgan yerga yoruğlik yölagini tuşiriş orqali sizga maşinani belgilangan yönaliş böyiça boşqarişga imkon beradi.

Şinam mehmonxona

Şarq xalqlari doimo özining mehmondöstligi, bağrikengligi bilan ajralib turadi. Şuning uçun majmuada umumiy xona, sanitariya tarmoği va oşxonadan iborat maxsus xona mavjud. Bu uyning eng fayzli burçagi hisoblanib, siz mehmonlarni taklif qilişingiz, bayram va har qanday tadbirni taşkil qilişingiz va yoqimli muhitdagi muloqotdan huzur qilişingiz mumkin.

Liftni qöl emas, oyoq bilan çaqiriş imkoniyati

Hayron bölyapsizmi? Lekin bu hazil emas. Majmuadagi liftlarni çaqiriş tugmasi yerga yaqin joylaşgan bölib, bu ayniqsa qöllari oğir yuklar bilan band bölgan insonlarga juda ham asqotuvçi yana bir qulaylikdir.

Gözal va körkam manzarali hovli

Majmuaning nafaqat içki intereri, balki taşqi hududi ham sizlarni befarq qoldirmasligiga işonamiz:

  • Tabiiy kökalamzorlaştirilgan hudud;
  • Bolalar maydonçalari;
  • Kolyaskali onalar va aravada harakatlanuvçilar uçun maxsus yölakça;
  • Dam oliş örindiqlari;
  • Sport maydonçalari;
  • Köça trenajyorlari;
  • Sokin favvora;
  • Eksklyuziv landşaft pardozi;
  • Kiçkintoylar tagligini almaştiriş uçun maxsus xona va h.k.

Turar-joy majmuasi qurilişida faqatgina öziga xos, sifatli quriliş materiallaridan foydalaniladi. Jumladan, tabiiy granit, Yevropaning dekorativ HPL panellari (ilk marotaba Özbekistonda), energiya tejaydigan metalloplastik derazalar, vitrajsimon oynalar va boşqa xomaşyolar.

Endi esa eng asosiysi!

Şoşiling, yangi zamonaviy majmuada xonadonlar sotuviga start berildi. NRG Oybek turar-joy majmuasidan xonadonlarni sotib oliş uçun mijozlarga qulay şartlar va aksiyalar mavjud. Sizga kompaniya 22 oygaça muddatli tölov asosida xonadon xarid qiliş imkoniyati hamda 15 foiz miqdoridagi çegirmani taqdim etadi.

Ayni damdagi karantin vaqtida siz onlayn tarzda şartnoma tuzişingiz mumkin. Şu bilan birga, siz maxsus qöşimça çegirmalarga ham ega bölasiz.

Murojaat uçun telefon: 1060

Sayt: u-nrg.uz

Reklama huquqi asosida