Yaponiya va Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan özbekistonlik mutaxassislar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda pandemiyaning jahon va Özbekiston iqtisodiyotiga ta'siri va oqibatlarini tahlil qilib berişdi.

– Pandemiya qança vaqt davom etişi noma'lum bölib turibdi. Buning Özbekiston iqtisodiyotiga ta'siri sezilarli bölyapti. Odamlarni işsiz, daromadsiz holatda uşlab turiş oson emas. Buning iqtisodiy oqibatlari qanday bölişi mumkin?

Valijon Töraqulov,

Inha Universiteti xalqaro savdo böyiça doktoranti (Janubiy Koreya):

– Bu inqirozni surunkali inqiroz deb baholaşyapti. Tasavvur qiling, hammamiz katta-katta zavodlarga borganmiz. Ular qanday işlaydi? Xomaşyo kiradi va narigi tomondan tayyor mahsulot bölib çiqib ketadi. Bu jarayonni bir lenta desak, uning orasida uziliş bölmasligi kerak. Hozir dunyoni katta zavod sifatida tasavvur qilsak, u töxtab qoldi. Kimdir aytişi mumkin, uni işlatiş tugmasini bosiş bilan hamma işni boşlab yuborsak böladi deb. Unday emas.

Valijon Töraqulov

Bir ma'lumot bor. Samsung kompaniyasi 1 daqiqa elektr uzilişi davomida bir neça milliardlab zarar körgan ekan, ya'ni 1 daqiqa elektr toki bölmagandan keyin şu lenta uzilib qolgan. Işni davom ettiriş uçun hammasini yana qaytadan boşlaş kerak bölgan va bu bir neça kunni talab qilgan.

Butun dunyoda ta'minotlar zanjiri uzilib qoldi. 1ta maşinaga 30 mingtadan ortiq ehtiyot qismlar kerak böladi. Bunda yuzlab davlatlar iştirok etadi. Undan taşqari bizda yana qança narsa bor? Dunyo zavodi ombori hisoblangan Xitoy ham töxtadi va sekin-sekin faoliyatini boşlayapti. Mana şundan iqtisodiyot kölamini bilib olişimiz mumkin.

Iqtisodçilar qaysi holatga inqiroz töğri keladi, deb öylaşmoqda. Karantin qaçon tugaşini bilolmayapmiz. Bu inqiroz boşqalariga öxşamaydi, çunki boşqa inqirozlar ma'lum sektor, ya'ni moliya böyiça bölgan yoki ma'lum hududda bölgan.

Yaqinda bir ilmiy iş öqigandim. Markaziy Osiyo davlatlari YaIM inqiroz tufayli 2-3 foizga tuşişi mumkinligi prognoz qilingan. Optimistik qaraşlarga köra esa iyul-avgust oylarida hammasi joy-joyiga tuşib ketadi. Men realistik qaraş tarafdoriman. Şuning uçun inqirozdan foyda bilan çiqişni emas, eson-omon çiqişni öylasak yaxşi bölardi.