Özbekistonning YeOIIga kuzatuvçi sifatida qöşilişi qanday oqibatlarga olib keladi? - ekspertlar fikri
|23:45 / 01.05.202049 0209 min
Özbekiston hukumati ortidan deputatlar ham YeOIIga kuzatuvçi bölib qöşilişga rozi böldi. Kun.uz muxbiri Yaponiya va Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan özbekistonlik mutaxassislar bilan suhbatda buning oqibatlari qanday bölişi mumkinligi haqida söradi.
Alişer Umirdinov, Nagoya iqtisodiyot universiteti professori (Yaponiya):
— Kuzatuvçilik maqomi öz nomi bilan kuzatuvçi böladi. Özbekistonga katta xalqaro huquqiy majburiyatlarni yuklamaydi. Kuzatuvçilik maqomining yaxşi tomoni şundaki, Rossiya, Qozoğiston, Belarus, Qirğiziston, Armaniston davlatlarining uşbu hudud içidan qanday çoralarni qilmoqçiligi haqida eng issiq ma'lumotlarni ham öz vaqtida oliş mumkin böladi. Bozor kon'yunkturasiga qarab turib özining mahsulotlarini işlab çiqariş yoki marketing masalalarini tartibga sola oladi, deb öylayman.
Huquqşunos sifatida aytadigan bölsam, Jahon savdo taşkilotining qoidalari, amaliyoti YeOII qoidalari, nizolarni hal qiliş institutlaridan köra yaxşiroq şakllangan. Çunki uning 160tadan ortiq a'zosi bor. Dunyo YaIMining 90 foizidan ortiğini qamrab olgan. 160dan ortiq davlat bir vaqtning özida sizni kuzatib turadi. Bu narsa nihoyatda yaxşi. Çunki Özbekiston şu paytgaça bunaqa katta iqtisodiy bloklarga kirmagan. Bu Özbekiston uçun birinçi marta katta tajriba vazifasini ötaydi.
Alişer Umirdinov
Biz xalqaro huquqiy şartlarni böynimizga olganimizdan keyin, öz-özidan buni içki qonunçiligimizda aks ettirişimiz kerak. Buni orqaga qaytariş nihoyatda muşkul. Agar orqaga qaytaradigan bölsak, JSTda ma'lum sanksiyalarga öz-özidan duçor bölamiz. Avval JSTga kirişimiz ham iqtisodiy tomondan, ham huquqiy jihatdan Özbekistonning manfaatlariga mos keladi.
Bekzod Zokirov – Tokio universiteti siyosiy iqtisodiyot böyiça doktoranti (Yaponiya):
— Obama davridagi davlat kotibi Klinton [YeOII haqida] «bu taşkilot ikkinçi sobiq ittifoqni tiklaşga uriniş», degan fikrni aytgan edi. Bu bir tomondan taşkilotga diskreditiv, işonçsiz holatga keltirişning bir şakli bölgan. Lekin men uni sobiq ittifoqni tiklaşga uriniş deb hisoblamayman. Bu yerda, albatta, Özbekistonning ham pragmatik manfaatlari bor.
Mavzuga oid
Bekzod Zokirov
Ittifoqning özidagi içki muammolar haqida gapirib ötsam. Qöşiliş-qöşilmaslikdan qat'i nazar, bu bizga katta muammo olib kelmaydi, deb öylayman. Bunga uçta sabab bor.
Birinçidan, bu taşkilot umumiy manfaatni közlamaydi. Yevropa Ittifoqi singari hammani birlaştiradigan manfaat yöq bu yerda. Bozor oçiladi, standartlar yaxşilanadi, degan narsa bölişi mumkin. Lekin bu umumiy manfaat emas, YeOIIda biron narsa manfaatingizga zid bölsa, qoçib ketiş imkoniyati bor. Lekin Yevropa Ittifoqida bunday narsa yöq. Ya'ni bu yerda hamma narsa pragmatik manfaatlarga asoslangan. Umumiy emas, individual pragmatik manfaatlarga asoslangan. Oddiy misol bilan aytganda, Rossiyaning pragmatik manfaati şundan iboratki, u Yevropadan yoki Amerikadan çegaralangan, şu sababli ittifoq Rossiyaga yangi iqtisodiy hamkorlarni topib beriş vositasi bölişi mumkin.
Qozoğiston uçun pragmatik manfaat – Rossiya bilan yoki Xitoy bilan yakkalanib qolmaslik. Boşqa davlatlarni ham olib kelib, Rossiya yoki Xitoy bizning manfaatlarimizga zid bölgan narsani qilmasin, birgalikda körib çiqaylik, degan. Bu yerda asosan yakkalanib qolmay degan manfaat bor.
Ikkinçi muammo. Bu narsa şaxslarning şaxsiy istaklariga boğliq bölib qolgan. Yevropa Ittifoqi deganda Donald Tusk yoki Boris Jonson köz oldimizga kelmaydi. Boşqaruv instituti köz oldimizga keladi. Lekin YeOII deganda, bu Putinning taşabbusi yoki Nazarboyevning taşabbusi degan narsa xayolga keladi. Hamma narsa şaxsiylaştirilgan bu yerda. Mabodo Putin saylovda ketiş istagini bildirib, ketsa, buyoği qanday böladi, degan narsa juda ham mavhum. Biz YeOII içida taqdirimizni institutga berişni istamaymiz. Bu institutlarning juda ham zaifligini körsatadi.
Uçinçi muammo, YeOIIda içki muammolar bor. Monopol va lobbistlarning manfaatlariga xizmat qiladigan tomonlari bor. Unga qöşilganimiz bilan raqobatni şakllantiriş, yangi innovatsion biznes ğoyalar yoki biznes şakllarining vujudga kelişiga xizmat qilmaydi. Balki biron monopol yoki lobbistik kuçlarni saqlab qolişga xizmat qiladigan narsa. Bundan juda katta narsa kuta olmaymiz.
Lekin mabodo JSTga qöşilsak, biz uçun yangi ğoyalar kirib kelişiga yordam berişi mumkin. Yangi biznes şakllarining rivojlanişiga turtki bölişi mumkin. Bu narsani YeOIIda köra olmaymiz.
— YeOIIga qöşilamizmi yoki JSTga qöşilamizmi — har ikkisi ham muzokaralarga asoslanadigan jarayon hisoblanadi. Qaysi biriga qöşilişdan qat'i nazar, hukumat a'zolari, Taşqi savdo va investitsiya vazirligi, Taşqi işlar vazirligi vakillari iloji boriça Özbekiston xalqi uçun eng manfaatli şartlar asosida kiriş masalasini ta'minlaşlari kerak.
Rossiyada patent ololmay yoki patentlari bekor bölib çiqarib yuborilgan işçilar bor. Yoki biz uçun nihoyatda manfaatli boşqa tomonlar bölişi mumkin. Bu haqida sovuqqonlik bilan öylagan holda şartlarimizni nihoyatda aniq qöyib, butun Özbekiston uçun manfaatli bölgan şartlar asosidagina qöşiliş masalasini ta'minlaş kerak. JSTga kiriş keçikyapti yoki YeOIIda biroz kutişimiz kerak, degan masaladan köra, huquqiy şartlarni qay darajada qöyiş masalasi böladi.
Menimça, taşkilotlarning ikkisiga ham yoki kamida bittasiga qöşilişimiz közga taşlanmoqda. Millatning yangi narsani qay darajada tez özlaştirişiga qarab, öşa mamlakatning rivoji bilinadi. Yaponlar biron yangilik böladigan bölsa, yapon xalqi öşani nihoyatda tez özlaştiradi. Yangi narsani tez özlaştirib, unga yangi narsani qöşib işlab çiqara oladi.
JST yoki YeOII bölsin, qaysi taşkilotga qöşilişimizdan qat'i nazar, bizga kirib keladigan yangi mahsulotlarni körib, xalq, tadbirkorlar, hukumat ulardan qay darajada manfaat olişni, ustiga yangi qöşimçalarni qöşgan holda jahonga yangi tovarlar, yangi xizmatlar yoki yangi ğoyalarni bera olişni öylaşi kerak – asosiy masala şunda.
Valijon TÖRAQULOV – Inha universiteti xalqaro savdo böyiça doktoranti (Janubiy Koreya):
— 2001 yilda Xitoy JSTga a'zo bölgan bölsa, 2005–2006 yillardan boşlab mamlakat juda ham rivojlangan. Ğarbning eng katta xatosi Xitoyning JSTga a'zo bölişiga rozilik bergani böldi, degan gap hali ham bor. Bu – töğridan-töğri hasad. Xitoy JSTga a'zolikdan keyin ikki jihatdan yutdi: öziga kirib kelayotgan xomaşyo arzonlaşdi, özi sotayotgan mahsulot ham arzonlaşdi. Eksportni köpaytiriş natijasida köproq iş örinlari yaratildi va köproq daromad qilişni boşladi.
Valijon Töraqulov
Lekin JSTga a'zo bölişning özigina sizga foyda beradi, degan kafolatni berib bölmaydi. Men YeOIIga a'zolikka qarşiligimni oddiyroq usulda tuşuntirib bermoqçiman.
Savdo şartnomalarinng turlari bor. Misol uçun, JST 165ta davlat bilan şartnoma tuzgan. Bundan ham erkin savdo şartnomasini ikki davlat örtasida qiliş mumkin. Masalan, Koreya va Amerika örtasida erkin savdo şartnomasi bor, erkin savdo qilişadi. Ularning tariflari JST tariflaridan ham past. Ba'zilarida umuman tarif yöq — erkin kirib-çiqiladi.
Bundan ham tor doirada va bundan ham erkinroq savdo qilaman, deyiladigan bölsa, bojxona ittifoqini qiliş kerak böladi. Bunga Yevropa Ittifoqini misol qilib oliş mumkin. Butun qit'a bir davlat bölib qolgan, bir-birining örtasida çegara yöq. Faqatgina taşqaridan kelayotganlarga çegara bor.
Yevropa Ittifoqi yaxşi ekan, öz-özidan YeOII ham yaxşi böliş kerak-ku, degan savol tuğilişi mumkin. Şu örinda, bu savolga javoban yaxşi emas, deyişga majburman.
Birinçidan, JSTga a'zolikdan söng tariflar, misol uçun, 20DAN 10 foiz atrofigaga tuşsa, erkin savdo qiliş orqali 5 foizga tuşsa, bojxona orqali 2-3 yoki nol foizga ham tuşişi mumkin. Ikkinçidan, YeOIIning bojxona tariflari özlarining içida nol bölişi mumkin, Lekin taşqarida JSTning örtaça tariflaridan yuqoriroq turadi.
Mana şu jihatdan, YeOII tösiq bölib qoladi. A'zolikning foydasi ham böladi, lekin ziyoni kattaroq böladi.