27 apreldagi dovul haqida nega oldindan xabar berilmadi? - mas'ullar izohi
|17:29 / 21.05.202037 29312 min
27 aprel keçasi Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuçli şamol Özbekistonning bir neçta hududlarida, ayniqsa Buxoro viloyatida katta talafotlarga sabab böldi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Dovul uylarning tomini uçirib yuborgan, elektr va gaz ta'minoti liniyalarini ham uzib taşlagan edi. Aloqa kanallari işdan çiqişi oqibatida minglab aholi telefon va internet aloqasidan uzilib qoldi.
Talafotni örganiş va oqibatlarini bartaraf etiş böyiça Buxoro viloyati tezkor ştabi ma'lumotiga köra, viloyat böyiça jami 5293ta obektning tom qismiga zarar yetgan, şundan 4800tasi – yakka tartibdagi uy-joylardir.
Öşa kuni viloyat böyiça 42 ming 400 dona yirik daraxtlar singan yoki qulagan. Binolar ostida va daraxtlar ostida qöyilgan yuridik va jismoniy şaxslarning 415ta avtotransportiga jiddiy ziyon yetgan.
Tabiiy ofat davlat budjetiga kamida 10 mln dollarga tuşdi. Bundan taşqari, 20 ming tonnaga yaqin hosil yöqotildi.
Kun.uz 27 aprel kungi ob-havoning keskin özgarişi haqida nima uçun oldindan xabar berilmagani, nima sababdan aholi kuçli şamol bölişi haqida ogohlantirilmagani, bir kun avval – 26 aprelda Xorazm viloyati hududida kuzatilgan kuçli şamol, havo oqimining keskin özgarişidan nima uçun tezkorlik bilan xulosa çiqarilmagani, faqatgina 27 apreldagi ofatdan söng Toşkentda odamlar içki işlar xodimlari tomonidan uyma-uy yurib ogohlantirilgani böyiça mas'ullardan izoh oldi, sodir bölgan holatdan qanday xulosalar çiqarilgani bilan qiziqdi.
Murod Sodiqov – Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari:
– Odatda «Özgidrometeorologiya» markazi vazirligimizning
Mavzuga oid
Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv markaziga kutilayotgan ob-havo töğrisida kuniga 2 marta axborot yuborib turadi. 27 aprel kuni ham markazga soat 07:21da şu kuni kutilayotgan ob-havo haqida prognoz kelib tuşgan. Uşbu prognozda 27 aprel kuni jiddiy talafotlarga sabab böladigan şamol bölişi qayd etilmagan. Respublikaning toğli hududlarida sekundiga 7–12 metr tezlikda şamol esişi aytilgan. Bunday tezlikdagi şamol odatiy bölib, heç qanday talafotlarni keltirib çiqarmaydi.
Bu bilan «Özgidrometeorologiya» markazini aybdor qilib körsatmoqçimasman. Mutaxassislarimizning ta'kidlaşiça, öşa kuni ob-havo keskin özgarib ketgan. Özim ham ob-havo mutaxassisiman, bilamanki, ba'zida Özbekistonda mavjud asboblar orqali aniqlangan prognozlar ham ba'zida xato bölib çiqadi. Dunyo böyiça ham ob-havoni aniq aytib beradigan markaz, prognozlarni 100 foiz töğri aniqlay oladigan asbob-uskunalar yöq.
27 aprel kuni şamol prognozdagiga nisbatan ikki barobar kuçli bölgan. Kaspiy dengizi böylab şakllanib, Kaspiy dengizi janub tomonidan çiqib kelgan dovul Turkmaniston orqali dastlab Buxoro viloyatining Olot va Qoraköl tumanlariga keç soat 20:05larda kirib kelgan. Olot va Qorakölda şamol birdan kuçayiş tezligi 30 m/s, yoğingarçilik miqdori 19,5 mm.ni taşkil etgan.
27 aprel kuni keçasi soat 22:00da «Özgidrometeorologiya» markazi tomonidan yuborilgan prognozda ob-havodagi keskin özgarişlar qayd etilgan edi. Lekin bu vaqtda dovul qiladigan işini qilib bölgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryoda kuzatilgan kuçli şamol sekinlaşib bölgandi.
Agar ob-havodagi bu kabi keskin özgarişlarni, dahşatli şamol yaqinlaşayotganini aniqlaşning imkoni bölganida «Özgidrometeorologiya» markazi bizga albatta xabar bergan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi odamlar hayoti va soğliğiga töğridan-töğri ta'sir körsatuvçi bu holat haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va boşqa vositalar orqali aholini ogohlantirgan, talafotlarning oldini olişga harakat qilgan bölardi.
FVVda tegişli me'yoriy hujjatlarga asosan favqulodda vaziyatlarni oldini oliş yuzasidan xabardor qiliş tizimi mavjud. «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunining 4-moddasida oşkoralik va axborotning öz vaqtida berilişi va işonçli bölişi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişning asosiy prinsiplari etib belgilangan.
Qanday turdagi ob-havo prognozlarida aholini ogohlantiriş yoki evakuatsiya qiliş talab etiladigan me'yorlarimiz bor. Şunga köra, talafotlar va moddiy zarar miqdoridan kelib çiqqan holda kutilayotgan holat favqulodda vaziyat sifatida röyxatga olinadi va oldini oliş yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi dovuldan söng Toşkent şahrida odamlar içki işlar xodimlari tomonidan uyma-uy yurib ogohlantirilgani IIV va FVVning birgalikda amalga oşirgan tadbir hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar paytida uşbu tuzilmalar hamişa hamkorlikda faoliyat yuritadi, umumiy faoliyatni FVV muvofiqlaştirib turadi.
Garçi prognozlarda 28 aprel kuni Toşkent şahri va viloyati hududida kuçli şamol bölişi qayd etilgan bölsa-da, amalda bunday bölmagan. Bu ham ob-havo prognozlarini aniq aytib beriş naqadar murakkab jarayon ekanining isbotidir.
26 aprelda Xorazm viloyatida kuçli şamol kuzatilganiga kelsak, haqiqatan ham öşa kuni viloyat hududida boşqa paytlarga qaraganda şamol tezligi yuqoriroq bölgan, momaqaldiroq bölgan. Lekin u jiddiy talafotlarni keltirib çiqarmagan. Agar favqulodda vaziyat e'lon qilinadigan darajadagi ob-havo özgarişlari haqida mutasaddi idoralar bizni vaqtida ogohlantirsa, kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlaşsa, butun tizimimiz talafotlarning oldini oliş, odamlarni qutqariş uçun safarbar qilinadi.
Malika Mirjamolova – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özgidrometeorologiya» markazi axborot xizmati rahbari:
– Özbekiston meteorologik stansiyalari ma'lumotlariga köra, bu tumanlarda şamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgaça yetdi, Qoraköl tumanida (Buxoro viloyatining janubi) şamolning şiddati sekundiga 30 metr, Navoiy tumanida 35 metrni taşkil qildi.
Uşbu tabiiy ofatga xorijiy janub hududi ustida şakllangan siklon sabab böldi. 27 aprel keçqurun sovuq siklon fronti Özbekistonning Turkmanistonga tutaş janubi-ğarbiy tumanlaridan ötdi.
Atmosfera fronti zonasida ikkita – kunduzi 34-37 darajagaça qizigan issiq va sovuq siklon fronti ortidagi salqin havo oqimlari töqnaşdi, bu holat havoning yuqoriga kuçli harakatlanişi uçun barça şaroitlarni yaratdi hamda momaqaldiroq va şiddatli şamolning rivojlanişiga olib keldi.
«Özgidromet» sinoptiklari 27-29 aprel kunlari Özbekiston hududi böylab ob-havoning beqaror bölişini kutgan edilar – ob-havo ma'lumotlarida şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi va vaqti-vaqti bilan momaqaldiroqli yomğir yoğişi körsatildi. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bu hodisalar 27 aprel kuni keçqurun va 28 aprel kuni keçasi kutilgan edi. Ya'ni şamolning tezligi odatdagidan kuçliroq bölişi haqida tegişli idoralarga xabar berganmiz, Özbekiston hududining katta qismida şamolning kuzatilgan tezligi 15-20 m/s atrofida böldi. Biroq, Buxoro va Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida şamolning tezligi prognoz qilingan qiymatlardan yuqori böldi.
Şamol şunday ekstremal tezlikka erişişini oldindan prognoz qiliş mumkinmidi? Afsuski, barça ob-havo hodisalarini, şu jumladan xavfli hodisalarni oldindan biliş qiyin. Bir joyning özida yuzaga keladigan kiçik hududlarni qamrab olib juda tez rivojlanadigan lokal (mahalliy) hodisalarni prognozlaş juda murakkab hisoblanadi.
OAVda e'lon qilinadigan bir parçagina ob-havo ma'lumotining ostida juda katta mehnat yotadi. Ob-havo hodisalari, undagi özgarişlar har uç soatda uzluksiz kuzatib boriladi. Markazimiz mutaxassislari ob-havo ma'lumotlarlarini tayyorlayotganda nafaqat özimizdagi ma'lumotlarga tayanişadi, balki jahonning yetakçi markazlarining ma'lumotlari, sun'iy yöldoşlar tomonidan uzatilayotgan ma'lumotlardan foydalanişadi.
Jahon ob-havo markazlarining hisob-kitoblariga köra ham 27-28 aprel kunlari şamolning tezligi sekundiga 20 metrdan yuqori bölişi kutilmagan edi. Balki hisob-kitoblarning bunday natijasi pandemiya davrida yuzaga kelgan ma'lumotlar yetişmasligi sababli bölişi mumkin, çunki bugun dunyoda kuzatilayotgan pandemiya davrida meteorologik ma'lumotlar hajmi bir neça marta kamaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilganidek, şamol kuçining sekundiga 30-35 metrgaça yetişi – Özbekiston hududida juda kam uçraydigan hodisa. Lekin bu anomal holat degani emas. Xususan, 2019 yilda Navoiyda şamol tezligining 35 m/s ga yetgani ikki marta qayd etilgan. Qoraköl meteostansiyasida 1981 yil may oyida şamolning tezligi 40 m/s bölgani qayd etilgan.
Yana şuni ham e'tiborga oliş kerakki, şiddatli şamollar meteostansiyalar yöq bölgan rayonlarda yuzaga kelgan holatlar ham kuzatiladi, bunday holatda ular meteokuzatuvlar tarixida qayd etilmaydi.
Röy bergan holat mutaxassislarimiz tomonilan atrofliça tahlil qilindi. Bunaqa böron, dovullar haqida bizda qanaqadir ma'lumot bölsa, biz bu haqda albatta Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar beramiz. Heç qaçon bu narsa yaşirilmaydi yoki maxfiy ma'lumot darajasida uşlab ötirilmaydi. «Özgidromet»ning asosiy vazifasi – böladigan ob-havo hodisalarini iloji boriça oldindan töğri, aniq aytib, öz vaqtida xabar beriş. Kutilayotgan ob-havo hodisalari, keskin özgarişlar haqida ogohlantiriş eng birinçi funksiyamizga kiradi.
Kun.uz suhbatlaşgan soha mutaxassislaridan biri ismini oçiqlamaslik şarti bilan ayrim muammolar haqida gapirib ötdi. Uning aytişiça, «Özgidrometeorologiya» markazining texnik va texnologik hamda inson resurslari ança çeklangan. Tizimning kuzatuv tarmoği va stansiyalari köp emas.
«Aslida har bir tumanda bitta, hududi katta tumanlarda esa aholi sonidan kelib çiqib bir neçta stansiyalar bölişi, bunda hududdagi iqlimning özgaruvçanligi, öziga xosliklari inobatga olinişi kerak.
Şunday hududlar borki, hududining bir qismi toğ, bir qismi tekislik, boşqa qismi çöldan iborat. Bunday şaroitda bitta stansiya barça hududlardagi ob-havo özgarişlarini birday aniqlab bera olmaydi. Biroq Özbekistonda şunaqa joylar borki, u yerda «Özgidrometeorologiya» markazining stansiyalari yöq. Respublika böyiça 83ta stansiya bor», deydi soha vakili.
U markazning ham, stansiyalarning ham moddiy-texnik bazasi ança eskirgani, tizim modernizatsiyaga muhtoj ahvolda ekanini ta'kidladi.
«2018 yilda «Özgidrometeorologiya» markazini modernizatsiya qiliş haqida qaror çiqqan, lekin hujjat ijrosiz qolib ketgan. Tizim faoliyatini yaxşilaş uçun ança-munça zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar kerak, lekin ular juda qimmat. Hududlarga avtomatik metereologik stansiyalar qöyilişi kerak, bu esa katta mablağni talab qiladi.
Özbekistonda haliyam hisob-kitoblar inson mehnati bilan amalga oşiriladi. Özbekistondayam avtomatlaştirilgan stansiyalar bor, lekin boşqa davlatlar bilan soliştirganda juda kam. Bu esa iş sifatiga ta'sir qilmay qolmayapti», deydi mazkur sohada uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis.
Uning aytişiça, tizimda faoliyat körsatayotgan xodimlarga tölanayotgan iş haqi kam: şunday xodimlar borki, 800-900 ming söm oylikka işlaşadi. Bu – respublikadagi örtaça iş haqi körsatkiçidan ham ança past.
Manba maoş pastligi tufayli yaxşi mutaxassislar kelmayotgani, ayni paytda sohada kasbining fidoyilarigina faoliyat körsatayotgani, ulardan keyin nima bölişi noma'lumligini aytib ötdi.