Davlat rahbari tomonidan “Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişi ijrosini ta'minlaş yuzasidan tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi Qişloq xöjaligi vazirligi.

Jumladan:

tabiiy ofat natijasida qişloq xöjaligi işlab çiqarişida yetkazilgan zararlar;

ekin maydonlaridagi yöqotişlar va nobudgarçiliklarni örnini qoplaş;

irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklaş; 

nobud bölgan paxta va ğalla maydonlarini töliq örganib çiqib, qisqa muddatlarda boşqa turdagi mahsulotlarini ekişni taşkil etiş;

zarar körgan issiqxonalarni tiklaş va ulardagi ekinlarni parvarişlaş böyiça çoralar köriş yuzasidan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.

Olib borilgan örganişlar natijasiga köra, Buxoro viloyatida 2172 ta fermer xöjaliklarida 9660 gektar boğ mavjud bölib, uşbu maydonlarda joriy yilda 115,8 ming tonna meva yetiştiriş belgilangan. 

Tabiiy ofat natijasida boğlarning 2616 gektariga (27,1 foiz) zarar yetib, yöqotilgan hosil örtaça 19 721 tonna (17,03 foiz) ekanligi bildirildi.

Viloyatdagi 115 ta fermer xöjaliklari va qişloq xöjalik korxonalaridagi 253,5 gektar issiqxonalar talafot körgan. 

Viloyatda 2020 yil hosili uçun 97 900 gektar çigit ekilgan bölib, tabiiy ofat natijasida 4554 gektar (4,6 foiz) maydonga qayta çigit ekiladi.

Viloyat tumanlarida 18 143 konturda 60 600 gektarda parvariş qilinayotgan ğalla maydonlaridan tabiiy ofat natijasida 12 619 gektar (20,8 foiz) maydon talafot körgan.

Respublika işçi guruhi tomonidan:

tabiiy ofat natijasida qişloq xöjaligi ekinlari, boğ va tokzorlar va issiqxonalarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etiş;

qişloq xöjaligi ekinlarini qayta ekiş, issiqxonalarni tiklaş va hosilni köpaytiriş böyiça qöşimça agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli qilib ötkaziş;

ğöza maydonlarida qatqaloqni sindirişga ommaviy safarbarlik hamda kultivatorlarni otryad usulida işlaşini taşkil qilişga doir bir qator amaliy işlarni olib bormoqda, deyiladi ma'lumotda.