2020 yil 27 aprel kuni soat 20:00 dan 28 aprel soat 00:30 ga qadar Turkmaniston Respublikasi hududidan kuçli şamol kirib kelib, respublikaning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda şamol esişi kuzatilgan.
FVV xabariga köra, natijada bir neça fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok böldi. Şuningdek, hududlardagi daraxtlarning ağdarilişi natijasida ijtimoiy soha obektlari, aholi yaşaş xonadonlari va avtotransport vositalariga zarar yetgan.

Yuzaga kelgan şamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga töğri keladi. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasining bergan ma'lumotiga köra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro oğir tan jarohati olgan bölib, 1 ta holatda ölim qayd etilgan.
Yengil va oğir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinçi tibbiy yordam körsatilib, uyga javob berilgan.
Sodir bölgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş böyiça viloyat hokimliklarida ştablar taşkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholaş komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlaş işlarini olib bormoqda.

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 704 nafar şaxsiy tarkib, 127 ta avtotransport vositasi, şuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga kiruvçi IIB, SSB, kommunal va boşqa tegişli xizmatlardan mas'ul xodimlarni jalb etgan holda talafot oqibatlarini bartaraf etiş işlari amalga oşirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.





















