Buxoroda 28 aprelga ötar keçasi kuzatilgan kuçli şamol oqibatida 41 nafar kişi tan jarohati olgan. Bu haqda Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi ma'lumotida keltirilgan.

«Şundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga örta va 1 nafar fuqaroga oğir tan jarohati yetdi», deyiladi Buxoro viloyati hokimligi axborotida.

Yengil va oğir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 32 nafariga birinçi tibbiy yordam körsatilib, uyga javob berildi.

  • Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida kamida 30 kişi jarohatlangani va bir kişi vafot etgani aytilgandi.

Şuningdek, yetkazilgan talofatni örganiş hamda ularni bartaraf etiş böyiça tezkor viloyat ştabi taqdim qilingan dastlabki ma'lumotlarga köra, viloyat böyiça jami 5293 ta obektning 378 ming 238 kv.metr tom qismida şifer qoplamalari, 1630 kv.metr bino va devorlari, 15415 dona eşik va derazalariga şikast yetdi. Jumladan:

  • 12ta soğliqni saqlaş obektida 7260 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari, 320 kv.metr bino va devorlari, 190 dona eşik va derazalariga;
  • 52ta umumta'lim maktablarining 10 ming 400 kv.metr tom qismining şifer qoplamasi, 92 dona eşik va romlari;
  • 43ta maktabgaça ta'lim obektlarining 2 ming 647 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari, 38 dona eşik va deraza romlari;
  • 63ta köp qavatli uy-joylarning 18 ming 378 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari, 15 dona eşik va deraza romlari;
  • 4800ta yakka tartibdagi aholi uy-joylarining 336 ming kv.metr tom qismining şifer qoplamalari, 14 ming 400 dona eşik va deraza romlari;
  • 220ta noturar obektlar (savdo dökonlari, ma'muriy binolar v.h.k)ning 15 ming 400 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari va 660 dona eşik va deraza romlari;
  • 3ta madaniy meros obektining 420 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari, 1 ming 200 kv.metr bino va devorlari, 20 dona eşik va deraza romlariga;
  • 11ta sport obektining 2 ming 419 kv.metr tom qismining şifer qoplamalari 291 ta eşik va derazalarga talofatlar yetganligi aniqlandi.