Sinovli kunlarda oddiy quvonçlarning qadri baland. Qarindoşlar tabassumi, yaqinlar ğamxörligi, bir-birimizga körsatgan mehrimiz. Aynan şunday oilaviy davrada Rozmetov jamoasi «Kolbasa mahsulotlari» toifasida «Yil brendi» mukofoti sohibi bölganidan xabardor böldi.

«Hakamlar xay'ati mutaxassislari va iste'molçilardan bunday e'tirofga erişiş ulkan rağbat bilan birga, yuksak darajani saqlaş, şijoatni pasaytirmaslik, yangi va mazali kaşfiyotlar qiliş uçun ulkan mas'uliyatni ham yuklaydi», - dedilar kompaniya vakillari.

Bu brendning ilk mukofoti bölmasa-da, özgaça esda qolarli böldi, çunki butun jamoa karantin davrida murakkab şaroitda işni davom ettirmoqda.

– Bu bizga özgaça xursandçilik baxş etdi deyiş kamlik qiladi. Katta Rozmetov oilasining bir qismi ekanligimiz, xayrli işlar uçun harakat qilişimiz va umumiy işga öz hissamizni qöşayotganligimizni biliş juda quvonçli, - deya izoh berişdi Rozmetovlar.

Nominatsiya ğolibi bölgan jamoaning butun ahil oilasi Adweek Brand award 2019 mukofoti doirasida öz ovozini brendga işonib bergan har bir iste'molçiga hamda har kuni Rozmetov mahsulotlarini tanlayotganlarga minnatdorlik bildiradi.

Instagram: @rozmetov.uz

Facebook: fb.com/rozmetov.uz

Telegram: t.me/rozmetov_official

Reklama huquqi asosida