Respublika böyiça 2020 yilning yanvar-aprel oylarida çakana savdo tovar aylanmasi 53,07 trln sömni taşkil etib, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 9,9 foizga kamaydi.
Davstatqöm xabariga köra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 9,1 trln sömni, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 43,8 trln sömni, şundan uyuşmagan savdo tovar aylanmasi 3,9 trln sömni taşkil etdi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori uluşni Toşkent şahri 21,6 foiz uluş bilan 11,4 trln sömni taşkil etdi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida barça viloyatlarda kamayiş sur'atlari kuzatildi. Çakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga 82,7 foiz va yirik korxonalar hissasiga 17,3 foiz töğri keldi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida eng quyi uluşni Sirdaryo viloyati 2,0 foiz uluş bilan 1,07 trln sömni taşkil etdi.
Çakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga töğri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-aprel oylari yakuniga köra, 43,8 trln sömni taşkil etib, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 12,8 foizga kamaygan. Jami çakana savdo tovar aylanmasidagi uluşi esa 82,7 foizni taşkil etdi. Bu körsatkiç hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Toşkent, Namangan, Andijon viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida yuqori bölgan.












