Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoga yetib borgan quruvchi va hasharchilar soni ma'lum qilindi
Toshqin yuz bergan hududlarni tiklash uchun 11 ming nafardan ortiq quruvchi va hasharchilar ko‘makka kelgan.

Foto: Kun.uz
Ushbu quruvchi va hasharchilar joylashgan 17ta obektda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlashga 120 nafar Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari jalb qilingan.
Bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 22 may kungi brifingda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiyaning 2500dan ortiq shaxsiy tarkibi, 140ga yaqin maxsus texnika va transportlari safarbar etilgan.
Shuningdek, 3000dan ortiq xonadonlardan fuqarolar yuklari ko‘chirilgan, qurilish chiqindilari olib chiqilgan.
Sardoba tumanining «Do‘stlik» mahallasidagi 715ta xonadonda ko‘chirish va tozalash ishlari yakunlandi. Ushbu mahalladan 762ta hujjat topilib, egalariga topshirildi.

Talafot ko‘rgan aholi orasida 5 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jabrlanuvchilarga davlat tomonidan yangi uylar qurib berilishi yuzasidan tushuntirish berilgan.
Eslatib o‘tamiz, texnogen ofat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 570ta uy-hovli va 76ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi.
Shuningdek, 1 781ta hovli, 52ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. 70ta ijtimoiy obekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 km yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan.
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

13 may kungi videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa viloyatlar rahbarlariga Sirdaryodagi uysiz qolganlar uchun uy qurib berish bo‘yicha topshiriq bergan, unga ko‘ra har bir viloyatga imkoniyatidan kelib chiqib 100dan ortiq xonadon biriktirilgandi.
14 may kuni boshqa viloyatlardan hokimlar boshchiligidagi yuzlab mutaxassislar Sirdaryoga yetib keldi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025