Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Sardobaga Özbekistonning barça hududlaridan quruvçi-muhandis mutaxassislar haşarga yetib kelgan. Tumandagi işlar taqsimoti har bir viloyat örtasida teng bölib olingan.

Quruvçi Ilhom Komilovning aytişiça, mutaxassislarning toşqindan katta ziyon körmagan uylarning texnik holatini közdan keçirib, ta'mirga kirişmoqda.
– Biz birinçi betonlarning yaroqliligini tekşirdik. Köproq devorga işlov bölyapti. Körib turganingizdek, fundamentga işlov böldi. Içkaridagi suvlarning bari çiqarilib, quruq holatga keltirilib, söngra pol yotqizdik. Xudo xohlasa, reja böyiça bitta binoni uç-tört kunda ta'mirlab, çiqib ketyapmiz, - dedi u.
Suv toşqini oqibatida jami 4351ta xonadonga zarar yetganligi aniqlandi. Şundan 2570ta xonadon yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Adiz Boboyevning bildirişiça, yuqorida qayd etilgan uylarni umuman qayta tiklab bölmaydi.
«1781ta xonadonni biz körib çiqdik. Bu yerda uşbu uylarni qayta ta'mirlaş hisobiga yana qayta tiklaş imkoniyati mavjud. Bizda hisobimiz böyiça jami 34 ta ijtimoiy muassasaga talafot yetgan bölib, buni tuzatişimiz uçun hozirgi kunga 85 mlrd. söm mablağ kerak bölişi hisoblandi. Hozirda Davlat arxitektura nazorati xodimlari tomonidan zarar yetgan obektlar yana bir bora körib çiqilyapti. Suv bosgan hududlarimiz mavjud. Mana şu suv bosgan hududlarni yaxşiroq örganişimiz kerak. Ertaga bu buziliş oqibati, yoriliş oqibatlari ham kelib çiqişi mumkin.
Örganişlarimizdan söng, Sardoba tumanidagi “Döstlik” mahallasida quriladigan massivda 37ta 5 qavatli uylar qurilişi ma'qul topildi. Demak, bu yerda 1480ta xonadon joylaşadi. Mana şu yerda 1-sonli maktab mavjud bölgan, u 1961 yilda qurilgan bölib, qurilganiga 60 yil bölgan va ba'zi bir qismlari avariyali holatga kelib qolgan. Şundan kelib çiqib va 1480ta xonadonni köçib kelişini inobatga olib, bu yerda 660 örinli yangi, zamonaviy tipdagi maktab qurilişni möljalladik. Bundan taşqari, bu yerda qişloq oilaviy poliklinikasi mavjud bölib, bu 1965 yilda qurilgan. Uşbu bino ham xavfli holatda ekanligi aniqlandi. Uning örniga zamonaviy qişloq oilaviy poliklinikasi quriliş rejasini kiritdik. Şu bilan birga, 1480ta xonadonni inobatga olib, bu yerda yana 275 örinli yangi maktabgaça ta'lim muassasasi qurilişini ham möljalladik. Demak, ham uy-joylar, ham ijtimoiy soha obektlarini quriş rejaga kiritildi.
















