Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga bordi.

«Bugungi kunda Hukumat komissiyasi iş olib boryapti. Zarar yetgan uy-joylarni tiklaş va ta'mirlaş, odamlarni özining tiklangan uyiga qaytariş va rözğoriga yordam beriş, infratuzilmani tiklaş, aholi salomatligini himoya qilişga katta kuç va vositalar safarbar etilgan. Bu borada Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatçilari jonbozlik körsatmoqda.

Bugungi kunga qadar 20ta aholi punktidagi buzilgan uylar va ularning atrofi çiqindilardan tozalandi. 13ta mahalladan suv qoldiqlari çiqarildi.

Uşbu mahallalarda hayot asta-sekin izga tuşmoqda. Hozirda qariyb 66 ming aholi öz uylariga qaytdi. Boşqa joylarda tozalaş-ta'mirlaş işlari tezkor sur'atlarda davom etmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Şavkat Mirziyoyev dastlab Sardoba tumanida bölib, hududda olib borilayotgan işlarni közdan keçirdi. Ta'mirlanayotgan xonadonlarni kirib kördi, odamlar bilan suhbatlaşdi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uçun 3ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66ta 5 qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan.

Xususan, Sardoba tumanidagi «Döstlik» mahallasida 1480 xonadondan iborat 37ta uy barpo etiladi. Davlat rahbari mazkur turar joylarning poydevoriga tamal toşi qöydi.