Tadbirda mas'ullarga amalga oşiriladigan quriliş işlaridagi tender haqida savol berildi. Quriliş vazirining birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatovning aytişiça, hozirgi kunda quriladigan 3ta joydagi quruvçilar aniqlangan.
«Zudlik bilan quriş kerak böladigan, eng salohiyatli va aholiga töğri keladigan, aholi tomonidan juda ham tez sotib olingan uylar..., şularni hisobga oldik.
Uni kim qurganligini örganib..., «Şodlik» mahalla fuqarolar yiğinidagi 20ta uyni Whitecity Construction quradi. U kompaniya Çilonzor tumanidagi Oqtepada, Sergeli tumanida monolit uylar qurgan va Talabalar şaharçasida öqituvçilar uçun uylar qurgan. Bu kompaniyaning uy-joy qurganida narxlari ham, mutaxassislari ham töğri keladi. Köp mutaxassislari yangi texnologiya bölgani uçun turklardan iborat.
Bu birinçisi. Ikkinçisi - «EkoPark» korxonasi. Bu «Tapoiç» hududining röparasida ekouylar qurilyapti, Taraqqiyot köçasidan yangi köprikkaça, öşa yerda quriliş olib borgan kompaniya.
Uçinçisi - «Gold step invest». Bu korxona juda köp uylar qurgan, bittasi Qorasuv dahasida Milliy gvardiya uçun yoki boşqa xodimlar uçun qurilayotgan uylar. Şuningdek, «Al-Xorazmiy» maktabini ham şu korxona qurgan.
Şu uçta korxona tanlab olinib, ularga asosiy şartlar qöyilib, tezlik bilan zamonaviy, energiya tejamkor va sifatli uylar quriş qöyilgan. Hozirgi kunda loyihalaş işlari bilan parallel ravişda mobilizatsiya işlarini boşlab yuborişgan. Ularning narxi boşqalarga nisbatan arzonroq», - dedi Şerzod Hidoyatov.


















