AQŞ pprezidenti Donald Tramp AQŞ va Rossiya qurollaniş ustidan nazorat böyiça yangi kelişuv imzolaşi mumkinligini aytdi.
"Ehtimol qurollaniş ustidan nazorat böyiça Rossiya bilan yangi kelişuv tuzişga erişarmiz, balki bunda Xitoy ham iştirok etar. Köramiz, nima bölarkin", - dedi Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq Tramp AQŞ oçiq osmon töğrisidagi şartnomadan çiqişini e'lon qilgandi.
"Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yaxşi deb öylayman, ammo Rossiya şartnomaga amal qilmadi. Ular amal qilmas ekan, biz şartnomadan çiqamiz. Ammo yangi kelişuvga erişişimiz uçun yaxşi imkoniyat bor", dedi u.
Oçiq osmon böyiça şartnoma 1992 yilda imzolangan va sovuq uruşdan söng Yevropadagi işonçni mustahkamlaş böyiça çoralardan biri bölgandi. U 2002 yildan buyon amal qiladi va şartnomaga a'zo mamlakatlarga bir-birlarining qurolli kuçlari hamda tadbirlari töğrisida oçiq ma'lumot oliş imkonini beradi. Şartnomani 34 davlat imzolagan.












