Eron parlamenti qonunni 18 may kuni qabul qilgandi. Hujjat Al-Qudsda Eronning virtual elçixonasini taşkil etişni közda tutadi. 

Ma'lum qilinişiça, Ruhoniy içki işlar, taşqi işlar, axborot (razvedka) vazirliklariga, qurolli kuçlar va milliy xavfsizlik oliy kengaşiga qonunda közda tutilgan çoralarni amalga oşiriş vazifasini yuklagan.  

Jumladan, ijroçi idoralardan falastinliklarni qöllab-quvvatlaşni ta'minlaş, 6 oy içida Falastin hududlarida virtual elçixona yoki konsullikni taşkil etişga tayyorgarlikni amalga oşiriş talab etiladi.

Qonunda Isroilni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan harbiy, siyosiy va madaniy faoliyat, eronliklar tomonidan “Falastinning bosib olingan hududlariga” taşrif buyuriş, Eron orqali Isroil bilan boğlangan kompaniyalar mahsulotlari olib ötilişi taqiqlangan. 

Uşbu qonun Isroilning Falastin xalqi, islom davlatlari va Eronga qarşi harakatlariga hamda Suriya va Livanni bosib olişni davom ettiriş urinişlariga javoban qabul qilingan. Qonunda Isroilning dunyoni va xalqaro xavfsizlikni izdan çiqariş va “taqiqlangan qurolni qöllaş”ga qaratilgan “buzğunçi harakatlari” qoralangan.