Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2019/2020 öquv yili boşida kasb-hunar kollejlarida 239,2 ming nafar öquvçi tahsil olayotgan bölib, bu körsatkiç hududlar kesimida taqsimlanganida, boşqa hududlarga nisbatan öquvçilarning yuqoriligi Samarqand viloyatida - 29,1 ming kişi, Farğona viloyatida - 25,6 ming kişi, Qaşqadaryo viloyatida - 23,9 ming kişi va Toşkent şahrida 23,7 ming kişiga töğri kelgan.

2019 yilda Özbekiston böyiça jami 468,8 ming nafar öquvçi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan. Şundan, eng köp tamomlagan oquvçi soni Farğona (54,6 ming nafarni) va Samarqand (54,1 ming nafarni) viloyati körsatkiçiga tegişli, eng kam bitiruvçi esa Navoiy (13,2 ming nafar) va Sirdaryo (10,8 ming nafarni) viloyatiga töğri kelgan.

2019/2020 öquv yili boşiga kasb-hunar kollejlarida jami öqituvçilar soni 17,5 ming nafarni (örindoşlarsiz) taşkil etgan. Özbekistonda bitta öqituvçiga (örindoşlarsiz) örtaça 14 nafar öquvçi töğri kelib, şulardan, hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Qaşqadaryo viloyatiga ya'ni, unda bitta öqituvçiga örtaça 31 nafardan öquvçi töğri kelgan bölsa, Namangan viloyatida esa eng past körsatkiç ya'ni bitta öqituvçiga örtaça 7 nafar öquvçi töğri kelgan.