2020/2021 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat Şarqşunoslik universitetida bakalavriat böyiça 4 ta yangi ta'lim yönalişi qöşiladi. Bu haqda AOKA anjumanlar zalida bölib ötgan brifingda Şarqşunoslik universiteti rektori Gulçehra Rixsiyeva ma'lum qildi:
2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son Prezident qaroriga muvofiq Toşkent davlat şarqşunoslik institutiga «universitet» maqomi berildi.
2020/2021 öquv yilidan boşlab tarmoqlar va mehnat bozori talablari hamda ilğor xorijiy tajribalar asosida bakalavriatda yangi 4 ta ta'lim yönalişi qöşiladi. Jumladan:
Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik;
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika;
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (şarq tillari);
Turizm (faoliyat yönalişlari böyiça)
Qayd etilişiça, 2 ta mutaxassislik 5A120305 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya hamda Turizm (yönalişlar va faoliyat turlari) böyiça qabul kvotalari şakllantirildi.
2020/2021 öquv yilidan boşlab I bosqiç talabalari öquv jarayonini kredit-modul tizimiga ötkaziş maqsadida yangi öquv rejalari işlab çiqildi. Mazkur öquv rejalarida YeCTS (Yevropa kredit transfer tizimi)ga muvofiq bakalavr darajasida talaba 240 ta va magistraturada 120 ta kredit fanlarni özlaştirişi belgilandi.
2020-2021 yildan Universitetga öqişga qabul qilişda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, yapon tillaridan test sinovlari ötkazilişini yölga qöyiş uçun Davlat test markazi bilan hamkorlikda test materiallari bazalari yaratildi.













