Soğliqni saqlaş vazirligi Navoiy viloyatining Zarafşon şahrida koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgani haqida xabar berdi. 

«Navoiy viloyati Zarafşon şahrida yaşovçi 55 yoşli J.O‘. (erkak kişi) 6 iyul kuni Covid-19 infeksiyasiga namuna topşirgan, şu kuni Zarafşon şahridagi şifoxonaning reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasining oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetişmovçiligining 3-darajasi taşxisi qöyilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak işemik kasalligi, zöriqiş stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan. 

Kasallik ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi, öpka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan keçgan. Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Bu Özbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 52-ölim holati böldi.

Şu vaqtgaça Toşkentda 29, Buxoro va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Navoiyda 3tadan, Farğona, Qaşqadaryo va Qoraqalpoğistonda bittadan ölim röy berdi.