«Oliy Majlis Qonunçilik palatasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi. Mehnatkaş, fidoyi inson Abdurahim Qurbonovning yorqin xotirasi deputatlik korpusi vakillarining qalbida mangu yaşaydi», deyiladi parlament matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan ta'ziyanomada.
Abdurahim Qurbonov 1974 yilda Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida tuğilgan, 1996 yili Termiz davlat universitetini tamomlagan, tarix fanlari nomzodi bölgan.
U 1999 yildan 2001 yilgaça Termiz davlat universitetida aspirant, öqituvçi, söngra universitetning katta öqituvçisi bölib işlagan.
2009 yilda u Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati sifatida iş boşlagan. 2010—2019 yillarda Qonunçilik palatasining Qonunçilik, sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi bölgan. 2019 yilda Korrupsiyaga qarşi kuraş va sud-huquqiy masalalar qömitasi a'zosi lavozimini egallagan.
2019 yil dekabrida 80-Qiziriq saylov okrugidan yana bir bor Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan, Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi raisi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Qonunçilik palatasining yana bir deputati, jurnalist Safar Ostonov ham koronavirus oqibatlaridan vafot etgandi.









