Jamiyat | 21:06 / 11.07.2020
9642
2 daqiqa o‘qiladi

Angor va Qiziriqda o‘tgan sessiyalarda To‘ra Bobolov ZOOM orqali qatnashdi

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor va Qiziriq tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, har ikki tumanda o‘tgan va tashkiliy masala ko‘rilgan xalq deputatlari tuman kengashlarining sessiyasida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ZOOM dasturi orqali masofadan turib ishtirok etgan.

«Karantin qoidalariga amal qilib, masofadan turib ishtirok etgan viloyat hokimi T.Bobolov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida faollar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritdi», deyiladi axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, har ikki tumanda o‘tkazilgan sessiyalarda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shohjahon Bekmuratovich Abdullayev Angor tumani, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhom Elmurodovich Yusupov Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Mavzuga oid