Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 11 iyul kuni Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Usmon Yangiboyevich Turopov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani munosabati bilan Angor tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Shu kungacha viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shohjahon Bekmuratovich Abdullayev Angor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Ma'lumot o‘rnida, Shohjahon Abdullayev 1987 yilning 19 yanvarida Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Termiz davlat universiteti, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2020 yildan viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Bugun Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
Fan-texnika | 16:22
-
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03
-
Xitoyda 8 yil deganda dunyodagi eng yirik amfibiya samolyot sinovlari yakunlandi
Jahon | 15:59
Mavzuga oid

10:05 / 24.09.2024
Surxondaryoda Labo boshqarib ketayotgan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi

21:18 / 27.03.2024
Angor tumani hokimligi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi

20:36 / 11.03.2024
Angor hokimi “Ayollar daftari” mablag‘laridan Captiva-5 sotib oldi

16:28 / 13.06.2023