Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Qiziriq tumaniga hokim etib tayinlandi
Bugun, 11 iyul kuni Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Olim Boboqulovich Muhammadiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan.
Shu kungacha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhom Elmurodovich Yusupov Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati
Ma'lumot o‘rnida, Ilhom Yusupov 1977 yilning 14 iyunida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, 2015 yilda Ichki ishlar akademiyasining Oliy akademik kursini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Jarqo‘rg‘on tumani IIB bo‘linma boshlig‘i, Termiz tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Qiziriq tumani IIB boshlig‘i, Denov tumani IIB boshlig‘i, 2020 yildan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Surxondaryo viloyatining Angor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 22:51
-
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
Jahon | 22:46
-
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
Jahon | 22:45
Mavzuga oid

23:38 / 27.01.2025
Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

17:14 / 15.12.2023
Qiziriq tumanida Isfara mikro GES-1 ish faoliyatini boshladi

20:20 / 17.02.2023
Surxondaryoda 4 tup katta chinor kesib tashlandi

13:36 / 04.02.2023