Havas diskaunterlar tarmoği Sizni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi, Sizga baxt-şodlik, işlaringizga omad tilaydi.
Bugun yuksak insoniy fazilatlar, mehr-muruvvat va oliyhimmatlik ramzi bölmiş Qurbon hayiti ayyomidir. Bu qutluğ pallada Havas diskaunterlar tarmoği barçangizga uzoq umr, işlaringizga omad, xonadoningizga fayz-baraka tilaydi. Barça ibodatlaringiz ijobat bölişini, ezgu niyatlaringiz esa amalga oşişini tilab qoladi.
Qurbon hayiti qadimdan hayotimizda muhim joy egallagan, qalbimizni şodlikka, mehr-muhabbatga töldirgan. Bu quvonçli ayyom barça qiyinçiliklarni unutib, oila a'zolaringiz bilan şodu hurramlikda vaqt ötkaziş, muhtojlarga yordam qölini çöziş va ezgu işlarni amalga oşirişning ayni vaqtidir.
Joriy yilda yuz berayotgan hodisalar bir birimizga mehribon, sabr-toqatli böliş qançalik muhimligini yaqqol körsatmoqda. Ta'kidlaş lozimki, yurtimiz aholisi barça qiyinçiliklarga qaramay, özining yuksak insoniy fazilatlarini namoyiş etmoqda. Köpçilik yurtdoşlarimiz hatto öz soğligini, hayotini xatarga qöyib bölsada muhtojlarga yordam qölini çözişga tayyorligini amalda körsatmoqdalar. Aynan şu sababli Qurbon hayiti biz uçun özgaça ma'noga ega. Bu muborak ayyom milliy an'analarimizni, dunyoqaraşimizni, qalbimizni aks ettiradi.
Havas diskaunterlar tarmoği uşbu insoniy fazilatlar yurtimiz aholisini heç qaçon tark etmasligini tilaydi. Aziz hamyurtlar, ibodatlaringiz doimo ijobat bölsin, omad, baxt-saodat va mehr-muhabbat esa doimiy hamrohingiz bölsin. Qurbon hayiti muborak!












