Xorijdagi Özbekiston fuqarolarini vatanga olib keliş uçun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oşirilişi belgilangan charter reyslarining parvoz yönalişiga qisman özgartiriş kiritildi.

Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra:

  • 7 avgust kuni Toşkent – Rostov-Don – Namangan;
  • 8 avgust Toşkent – Sankt-Peterburg – Namangan; 
  • 9 avgustga belgilangan Toşkent – Moskva – Namangan aviaqatnovlari Toşkent şahriga amalga oşiriladi. 

Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlaridagi Özbekiston fuqarolarini Vatanga qaytariş uçun 2 ta poyezd qatnovi taşkil etildi.

Mazkur poyezdlarning birinçisi 9 avgust kuni Namangan şahriga, ikkinçisi esa 9 avgust kuni Samarqand şahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barça fuqarolar örnatilgan tartibda karantinga joylaştiriladi. 

Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don viloyatidagi fuqarolarni olib keliş maqsadida uçinçi poyezd qatnovi ham taşkil etildi. Uşbu poyezd 13 avgust kuni Toşkent şahriga kirib keladi.