Özbekiston migratsiya siyosati va fuqarolarni repatriatsiya qiliş sohasida Qöşma Ştatlar bilan hamkorlikni faol ravişda kuçaytirmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot kotibi.
Qayd etilişiça, erişilgan ikki tomonlama kelişuvlar doirasida 30 aprel kuni AQŞ hududida qonuniy asoslarsiz bölib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar röyxatiga kiritilgan Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş maqsadida Nyu York—Toşkent yönalişi böyiça maxsus charter reysi taşkil etiladi.
Mazkur repatriatsiya taşabbusi xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolarining huquqlarini ta’minlaşga qaratilgan bölib, xalqaro me’yorlar, majburiyatlar va inson huquqlari doirasida amalga oşiriladi. Gap viza talablarini buzgan yoki AQŞda qonuniy qoliş muddati tugagan fuqarolar haqida bormoqda. Repatriatsiya jarayoni insonparvarlik va huquqiy tamoyillar asosida taşkil etilib, fuqarolarning munosib va xavfsiz qaytişini ta’minlaydi.
Charter reysni taşkil etiş ikki davlatning konsullik va migratsiya xizmatlari bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Barça çoralar repatriatsiya qilinayotgan fuqarolarning huquqlarini maksimal darajada hurmat qilgan holda, Özbekiston va AQŞning amaldagi qonunçiligiga qat’iy rioya etgan holda körilmoqda.
«Mazkur qadam Özbekistonning migratsiya oqimlarini tartibga soliş, xorijdagi fuqarolarining huquqiy himoyasini, ijtimoiy va huquqiy moslaşuvini ta’minlaş hamda ularning xavfsiz va insoniy şaroitlarda vataniga qaytişini yölga qöyişga qaratilgan keng qamrovli siyosatining bir qismidir.
Özbekiston öz migratsiya siyosatini rivojlantirişda davom etadi va fuqarolarini har qanday vaziyatda qöllab-quvvatlaş va himoya qilişga intiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, fevral oxirlarida AQŞdan deportatsiya qilingan 7 nafar özbekistonlik Toşkentga olib kelingandi. Uşbu fuqarolar Kosta-Rikaga yuborilişi rejalaştirilgan edi. Lekin muzokaralar natijasida ular Özbekistonga olib kelingan.








