Qömita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 11 avgust kuni kuzatuv ötkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Mol göşti (suyaksiz göştidan taşqari) 40 000 sömdan 65 000 sömgaça (kg)
Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori» va Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori»ning arzonlaştirilgan göşt rastalarida qayd etilgan (40 000 söm). Mol göştining maksimal narxi esa, Çirçiq şahrining «Çirçiq şahar dehqon bozori» va Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 söm).
Qöy göşti 39 000 sömdan 75 000 sömgaça (kg)
Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 söm) röyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 söm) kuzatildi.
Kartoşka 2 500 sömdan 6 000 sömgaça (kg)
Kuzatuv natijalariga köra, Namangan şahrining «Namangan çorsu dehqon universal bozori», Samarqand şahrining «Siyob dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Termiz şahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Çirçiq şahrining «Çirçiq şahar dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qöyliq dehqon bozori»da sotuvda bölgan yirik bölmagan kartoşkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 söm) qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoşkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 söm) qayd etildi.
Piyoz 1000 sömdan 3 000 sömgaça (kg)
Kuzatuv natijasiga köra, Namangan şahrining «Namangan çorsu dehqon universal bozori», Termiz şahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Çirçiq şahrining «Çirçiq şahar dehqon bozori», Yangiyöl şahrining «Ixtisoslaşgan Yangiyöl şahar dehqon bozori» da (1000 söm) röyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bölgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 söm).
Sabzi 1 500 sömdan 4 500 sömgaça (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Jizzax şahrining «Eski şahar dehqon bozori», Namangan şahrining «Namangan çorsu dehqon universal bozori», Termiz şahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Çirçiq şahrining «Çirçiq şahar dehqon bozori» va Farğona şahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1 500 söm) qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori» va «Oloy dehqon bozori» da sotuvda bölgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (4 500 söm) qayd etildi.
Tuxum 6 000 sömdan 12 000 sömgaça (10 dona)
Kuzatuv natijasiga köra, Samarqand şahrining «Siyob dehqon bozori» da sotuvda bölgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6 000 söm). Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori» da qayd etilgan (12 000 söm).
Guruç 5 000 sömdan 18 000 sömgaça (kg)
Kuzatuv natijalariga köra, guruç mahsulotining minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da («Nukus 2» navli guruç) va Qarşi şahrining «Qarşi dehqon oziq-ovqat bozori»da (5 000 sömdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruç 18 000 söm).
Ösimlik yoği 8 800 sömdan 14 500 sömgaça (litr)
Ösimlik yoği mahsulotlarining kuzatuv natijasiga köra, minimal narxi Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yoği 8 800 söm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yoği 14 500 söm) kuzatildi.
Şakar 5 800 sömdan 7 000 sömgaça (kg)
Şakar mahsulotining kuzatuv natijasiga köra, minimal narxi Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jöva dehqon bozori» va «Qöyliq dehqon bozori»da (5 800 söm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 söm) kuzatildi.












