Prezident Şavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Obidova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olim, Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Obidova 2020 yil 17 avgust kuni 89 yoşida vafot etdi.
M. Obidova 1931 yil 10 oktyabrda Toşkent şahrida tuğildi. 1954 yili Örta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, Özbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti (hozirgi Umumiy va noorganik kimyo instituti) aspiranturasida tahsil oldi. 1958 yili nomzodlik, 1975 yili doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi köp yillik xizmatlari uçun 2000 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.
Iste'dodli olim 60 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kiçik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, Örta Osiyo yoqilğidan foydalaniş instituti katta ilmiy xodimi, Örta Osiyo neftni qayta işlaş sanoati ilmiy-tadqiqot instituti sektor rahbari, laboratoriya mudiri, Özbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, mamlakatimizda ilm-fan sohalarini rivojlantiriş, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi.
Zahmatkaş olimning kimyoviy jarayonlar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan ilmiy maqolalari, patent va mualliflik guvohnomalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxşi ma'lum. Uning katalizatorlar tizimi va kimyoviy jarayonlarga oid bir qator ilmiy işlanmalari sanoat tarmoqlarida samarali qöllanib kelinmoqda.
Jonkuyar ustoz sifatida köplab yoşlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida önlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Akademik M. Obidovaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muhabbat Obidovaning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, B.Yöldoşev












