Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet muxtor tumanidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng koʻlamli koʻchki va suv toshqini oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot koʻrilgani munosabati bilan Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik yoʻlladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani, jarohatlangani hamda katta talafot koʻrilgani munosabati bilan Nepal prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yoʻlladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi tibbiyot muassasasida sodir boʻlgan kuchli yongʻin oqibatida koʻplab bolalar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yoʻlladi.
Davlat rahbari halok boʻlgan bolalarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, jarohatlanganlarning tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.









