Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yil 11 avgustda “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. By moturidiylik ta'limotining asosçisi bölgan Imom Moturidiy va izdoşlarining ilmiy merosi hamda kalom ilmiga köşgan bebaho hissasini çuqur tadqiq etiş, ularni Özbekiston va butun dunyoga tanitişga xizmat qiladi.

Sönmez QUTLU

Keyingi yillarda Özbekistonda islom madaniyati hamda ilm-fanini yanada rivojlantirişga alohida e'tibor berilmoqda. Şu maqsadda bu yerda avvalroq Buxoriy, Nasafiy va Termiziy kabi allomalarning ilmiy merosini örganadigan hamda tarğib qiladigan ilmiy-tadqiqot markazlari oçilgan edi. Uşbu muassasalar bu muqaddas zamindan yetişib çiqqan olimlar va ularning ilmiy merosini yoş avlodga har tomonlama yetkazişga katta hissa qöşmokda.

Şu ma'noda, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ham ahamiyati beqiyos. Zero, uşbu markaz öz yönalişidagi birinçi ilmiy muassasa hisoblanadi. Garçi dunyo miqyosida bu borada köplab tadqiqotlar olib borilgan bölsa-da, bilişimizça, hanuzgaça biror musulmon davlati, jumladan, Turkiyada ham Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oçilmagan edi.

Imom Moturidiy islom tafakkurida alohida öringa ega şaxs sanaladi. U islom madaniyatida diniy bilimlarda töğri ilm hosil qilişning mezonlarini işlab çiqdi. Uning biliş nazariyasida töğri ma'lumotga erişişning uç yöli mavjud: soğlom aql, soğlom tuyğu va töğri xabar. Şunga köra, u ilm sohalari içida aqlga tayanadiganlarini aqliyot, hislarga tayanadiganlarini hissiyot va vahiy hamda xabarga asoslanadiganlarini sam'iyot deb atagan.

Imom Moturidiy mazkur biliş nazariyasini kalom ilmiga tatbiq etib, turli dinlar qarşisida islom e'tiqodini himoya qila oladigan “Kitob at-tavhid” asarini yozib qoldirdi. Uning tarafdorlari Moturidiyning mazkur asari va boşqa asarlarini istifoda etgan holda, Samarqandda ahli sunnaning “moturidiylik” deb nom olgan aqidaviy yönalişiga asos soldilar. Bu markazlarda moturidiylik qaraşlaridan ta'lim olganlar öz şogirdlari hamda qalamga olgan yuzlab kalom ilmiga oid asarlari vositasida Movarounnahr, Xuroson, Volgaböyi. Onadölu va Bolqon yurtlarida moturidiylikni keng yoydilar. Şu tariqa, moturidiylik turkiy jamiyatlarning diniy e'tiqod hamda tuşunçasida mavjud bölgan xorijiylik va botiniylikka borib taqaluvçi zararli oqimlar tarqalişining oldini oldi.

Imom Moturidiy öz ilmiy nazariyasini fiqh ilmida qöllaş orqali bu sohada ulkan yutuqlarga erişdi va şunga köra, hanafiy fiqhi usulini yozib çiqdi. Ammo uning bu boradagi ikkita asari yöqolganligi sababli uning usulul fiqhga oid qaraşlarini “Ta'vilot al-Qur'on” hamda undan keyin hanafiy usulul fiqhida yozilgan manbalarda aks etgani qadariça bilamiz, xolos. Işonamizki, uşbu markaz tadqiqotçilari öşa yöqolgan asarlarni topadi va ularni islom olamiga taqdim etadi. Imom Moturidiy hanafiy fiqh usulini qayta yoziş bilan nafaqat hanafiylikni jonlantirdi, balki qoraxoniylar, ğaznaviylar, saljuqiylar, temuriylar hamda usmoniylar davrida yuzlab olimlarning kamol topişi va minglab usulul fiqh hamda furu'ul fiqh asarlarining dunyoga kelişiga zamin hozirladi. Hanafiylik mazhabi deyarli barça turkiy davlatlarning milliy mazhabiga aylandi.  

Imom Moturidiy faqatgina kalom va fiqhda emas, tafsir sohasida ham yangi bir zamin oçgan. Özidan avvalgi olimlar Qur'oni Karimni rivoyatlarga asoslangan holda tafsir qilib kelgan bölsalar, Imom Moturidiy aqlga tayanuvçi hamda “ta'vil” deb nom olgan usulda Qur'on oyatlarini şarhlaşga kirişdi. Keyinçalik tafsir ilmida bu uslubga “aqliy tafsir usuli” nomi berildi va bu yönalişda, avvalo, hanafiylar, qolaversa, boşqa mazhab namoyandalari tomonidan önlab tafsirlar bitildi. Oxirgi vaqtlarda Movarounnahr hamda turkistonlik hanafiy-moturidiy olimlariga oid tafsirlarning naşrdan çiqişi bilan hanafiy-moturidiy ta'vil-tafsir an'anasining mavjudligi yaqqol namoyon böldi. Bu an'anaga tegişli köplab qölyozmalar kutubxonalarning çang tokçalari yoxud xususiy arxivlarda saqlanmoqda. Işonamizki, mazkur markaz uşbu asarlarning naşr etilişida taşabbus körsatadi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi öz tadqiqotlarida kalom, fiqh va tafsir ilmining bugungi kun şartlari hamda ehtiyojlariga javob beradigan holda yangidan barpo bölişida va ilm olamida yangi Moturidiylar, Nasafiylar, Pazdaviylar, Saraxsiylar, Marğinoniylar, Yassaviylarning yetişib çiqişida munosib hissasini qöşadi. Bu yoş tadqiqotçilar esa Özbekistonni ötmişdagidek islom tamaddunining markazlaridan biriga aylantiradi.

Markaz tomonidan olib boriladigan tadqiqotlar butun islom olamiga, jumladan,Özbekistonda yot oqimlar tahdidi va bosimi ostidagi yoş avlodga ular bilan kuraş olib boriş yölida dasturulamal bölib xizmat qiladi. Bugungi kunda radikalizm hamda takfirçilikka qarşi tura oladigan islomniig eng kuçli ta'limoti aql tarafdorlari sifatida tanilgan hanafiy-moturidiylar ta'limotidir. Biz bu ta'limotga kör-körona ergaşib va uni tadqiq etmasdan turib muvaffaqiyatga erişa olmaymiz. Aksinça, biz uni bugungi mafkuralar, falsafiy hamda diniy oqimlarga javob beradigan şaklda qayta jonlantirişimiz lozim.

Hanafiy-moturidiy ta'limotida aql, ilm va axloq muhim ahamiyatga ega.

Mazkur ta'limot insoniy muhabbat hamda hamjihatlikda yaşaş asoslarini mustahkamlaydi, din va vijdon erkinligini qadrlaydi. Hanafiy-moturidiylik tarixda bölganidek bugungi kunda ham zöravonlik, terrorizm, takfir mentaliteti hamda dinni siyosiylaştirişga qarşi kuraşda muhim salohiyatga ega. Kör-körona mutaassiblik, soxta salafiylikka moturidiylik ta'limoti bilangina qarşi turiş mumkin.

Ikkinçi tomondan, hanafiy-moturidiylikni töğri anglaş botiniy harakatlar va söfiy aqidaparastlikning oldini olişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi musulmon olamida kutubxona hamda arxivlarda saqlanayotgan hanafiy-moturidiy ta'limotiga oid qölyozma asarlarni naşr etişi, ilm olamidagi tadqiqotlar va hujjatlarni aniqlab, ularning kataloglarini yaratişi hamda ularni internet muhitida tadqiqotçilarga oçib qöyişi islom olami uçun buyuk bir xizmat böladi. Bu holat esa ötmişda bölgani kabi bugungi kunda ham moturidiylik ta'limoti va unga oid amalga oşirilgan tadqiqotlarni örganiş bobida Özbekistonni muhim bir markazga aylantiradi. Moturidiylik islomga doir umumbaşariy çaqiriqlarni yana takpop Imom Moturidiyning Vatani Özbekistondan tuyajak.

Markaz Şarq va Ğarbdagi uşbu mavzuga qiziqqan olimlarni Imom Moturidiy hamda moturidiy olimlarining ilmiy merosini taniştiradigan seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boşqa ilmiy tadbirlar orqali bir yerga jamlaydi. Şunday qilib, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlik kuçayadi hamda bu meros butun insoniyat uçun munosib şaklda taniştiriladi.

Xulosa örnida aytadigan bölsak, uşbu markaz mustahkam poydevor asosiga qurildi. Bunday tadqiqot markazini oçiş bilan Özbekiston boşqa islom mamlakatlari uçun namuna böldi. Öz tadqiqotlari bilan uşbu markaz soxta salafiylik va diniy radikalizm muammosiga duç kelgan musulmon olamiga mazkur masalalarni hal qiliş uçun muhim yeçimlarni taqdim etadi. Şu sababli Islom konferensiyasi taşkilotiga a'zo davlatlar markaz faoliyatini qöllab-quvvatlaşda ham moddiy, ham ma'naviy yordamlarini ayamasliklari lozim.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy -tadqiqot markazi, avvalo, Özbekistonga, qolaversa, barça turkiy davlatlarga, musulmon olamiga va butun insoniyatga foydali bölişini tilaymiz. Bunday markazning izlanişlari hamda faoliyatiga hissa qöşiş men uçun ham şarafdir. Umid qilamanki, Samarqandda Imom Moturidiy asos solgan ilohiyot ta'limi an'analari davom etadi. Imom Moturidiyning aql va axloqqa tayangan diniy ta'limotini islom olamining har burçagidan yetişajak talabalar butun insoniyatga yangidan namoyiş qiladi.

Sönmez QUTLU,
Turkiyaning Anqara universiteti professori,
 Özbekiston xalqaro islom akademiyasi öqituvçisi