Qarorning asosiy maqsadi – buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta'limoti asosçisi imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoşlari merosini çuqur örganiş, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qöşgan bebaho hissasini tadqiq etiş va keng tarğib qiliş, yoş avlodni ezgu umuminsoniy ğoyalar ruhida tarbiyalaş, ularda ma'naviy va ma'rifiy qaraşlarimizga yot bölgan zararli ta'sirlarga qarşi mafkuraviy immunitetni kuçaytirişdir.
Qaror bilan:
- Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qöllab-quvvatlaş va muvofiqlaştiriş böyiça vasiylik kengaşi tarkibi tasdiqlandi;
- 2020–2024 yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik ta'limotini örganişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlandi;
- markazni Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida taşkil qiliş hamda Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani ta'sis etiş haqidagi takliflar ma'qullandi.
Qaror orqali Markaz faoliyatiga jahonning yetakçi moturidiyşunos olim va tadqiqotçilari jalb etiladi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qöşgan Imom Moturidiy va uning izdoşlari bölgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma'naviy merosini çuqur örganiş, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini naşr etiş, xalqimiz va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib qiliş;
- islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma'rifiy-madaniy roli va rivojlaniş yönalişlarini ilmiy asosda örganiş va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatçilikka yetkaziş;
- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qöşgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan örnini çuqur tadqiq etiş, yoş avlodni millatlararo va dinlararo bağrikenglik, özaro hurmat, tinçlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalaş;
- mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uçun muhim ilmiy ahamiyatga ega bölgan qölyozma, toşbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini töplaş va kelajak avlodga yetkaziş uçun tizimli ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş;
- islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etiş sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bağişlangan anjuman, konferensiya, simpozium, seminar-trening va tanlovlar ötkaziş;








