Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makronga Şarqiy Örta yer dengizi muammosini hal qilişga urinib Anqara bilan boğlanmaslik kerakligini aytdi.
"Makron Fransiyaning turk millati bilan emas, Erdöğan bilan muammolari borligini aytmoqda. Janob Makron, şaxsan men bilan kattaroq muammolaring böladi. Turk xalqi va Turkiya bilan boğlanma. Afrika tarixi – bu Fransiya tarixi, Afrikada millionlab odamlarni sizlar öldirgansizlar", - dedi Turkiya prezidenti.
Erdöğanning sözlariga köra, Parijning Anqaraga "insoniylik borasida dars ötişga haqqi yöq".
"Buni şaxsan öziga aytdim. U tarixni bilmasligini aytdim", - deb qöşib qöydi Rajab Toyyib Erdöğan.
Keyingi vaqtda Fransiya prezidenti Şarqiy Örta yer dengizidagi beqarorlikni qoralab tez-tez çiqiş qilmoqda va Gretsiyani qöllab-quvvatlamoqda.
10 sentyabrda Korsikada Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya iştirokida Janubiy Yevropa mamlakatlari (MED 7) sammiti bölib ötdi. Makron Turkiya dengiz şelfida geologik razvedkani davom ettiradigan bölsa, unga qarşi sanksiyalar röyxati tuzilişi haqida ogohlantirdi.












