Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amaldorlar 2021 yildan daromad va mulklari haqida majburiy deklaratsiya to‘ldiradi - Akmal Burxonov
Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalash korrupsiyaga qarshi eng yaxshi samara beruvchi yo‘nalishlardan biridir, deb hisoblaydi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov.
6 oktabr kuni agentlik tomonidan bajarilgan ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida jamoatchilikka axborot berildi. Akmal Burxonovning ma'lum qilishicha, tez kunlarda davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etiladi.

«Bu juda katta jarayon. Agar biz davlat xizmatchilarini daromadlarini deklaratsiyalash tizimini yo‘lga qo‘ysak, ishonamanki, korrupsiyani oldini olishda katta qadam tashlagan bo‘lamiz. Shuning uchun bu ishni amalga oshirishga Jahon Banki ekspertlari yaqindan yordam berib kelmoqda. 3-4 kun ichida buni ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yamiz. Kimlar, qaysi vazifa va mansabdagilar deklaratsiyalanishi kerak, ularning nimalari va qanday deklaratsiya qilinadi, ularni qanday nazorat qilamiz, deklaratsiyani noto‘g‘ri to‘ldirsa, qanday choralar ko‘ramiz — bular barchasini ushbu qonunda aks ettirmoqchimiz», — deya ma'lumot berdi u.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilinganda, amaldorlarning daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash tartibi juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
«Nimaga deputat, senator yoki administratsiya xodimlari qolib ketyapti, deya ko‘p savol berishdi. Men ishontirib aytamanki, navbatdagi qonun loyihasida fuqarolarni hayotiga daxl qiladigan barcha mansabdor shaxslar, ya'ni eng yuqoridagi mansabdor shaxslardan tortib, keyingi yildan o‘z mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalashga majburlovchi normalar kiritiladi», — deya qo‘shimcha qildi Burxonov.

Akmal Burxonov ma'lum qilishicha, qonun loyihasida talablar bajarilmagani uchun ogohlantirish yoki intizomiy javobgarlik, ma'muriy va jinoiy javobgarlik turlari ham belgilanadi.
«Biz yangilik yaratayotganimiz yo‘q bu xorij tajribasida ham shunaqa. Bizni maqsadimiz davlat budjetidan maosh oladigan hammaning mol-mulki deklaratsiyalanishi kerak. Davlat rahbaridan tortib, hukumat rahbari, sudyalar, prokurorlar, hokimlar, vazirlik idoralari rahbarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlarining hammasi deklaratsiyalanadi. Faqat bu bosqichma-bosqich ya'ni eng yuqoridan boshlab pastga qarab ketiladi. Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligining sababi — tizim bo‘lishi kerakligida. Hozir bizning oyligi kam bo‘lganlarni deklaratsiya qilishimiz kulgili bo‘ladi va vaqt, resurslarni sarflaganimiz qoladi. Bundan tashqari biz ularga, avvalo, sharoitlar yaratib berishimiz kerak. Ularga agar ishlari samarador bo‘lsa, qancha ustamalar beriladi, qancha oylik maosh olishadi, buni hisoblashimiz kerak. Negaki, bizdagi korrupsiyaning eng katta omili bu — maoshlarning kamligi», — dedi Burxonov.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi jamoasi ushbu tizim 2021 yildan joriy etilishini ma'lum qildi, ammo uni tatbiq etish jarayoni besh yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bundan tashqari, amaldorlarning yaqin qarindoshlari va oila a'zolari ham deklaratsiya topshirishga majbur bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyadagi oromgohlarga o‘zbekistonlik bolalar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 07:48
-
Mers Ukraina xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etadi
Jahon | 07:39
-
O‘zbekistonda Singapur modeli asosida maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:26
-
Tramp Hindiston ilan kelishuv rejasini uning Rossiyadan eksporti tufayli rad etdi
Jahon | 07:25
Mavzuga oid

19:23 / 12.07.2025
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

15:26 / 29.04.2025