Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Hindiston bilan kelishuv rejasini uning Rossiyadan eksporti tufayli rad etdi
Tramp Hindiston Rossiya neftini eksport qilishni to‘xtatmaguncha, u bilan bitim tuzishdan bosh tortadi, deb yozadi The Washington Post manbalarga tayanib.
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bilan savdo kelishuvi variantlaridan birini, bu mamlakat Rossiya neftini xarid qilishni qisqartirish majburiyatini olmaguncha ma’qullashdan bosh tortdi. Bu haqda The Washington Post (WP) munozaralardan xabardor uch manbaga tayanib xabar berdi.
Nashr so‘roviga javoban Oq uy rasmiy vakili o‘rinbosari Anna Kelli Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasidagi «o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar»ga ishora qildi. «AQSh va Hindiston jamoalari strategik hamkorligimizning barcha diplomatik, mudofaa va savdo ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin aloqada», — deya ta’kidladi u. Davlat departamenti, o‘z navbatida, AQShning savdo masalalari bo‘yicha xavotirlarini yo‘qotish uchun «Hindiston ko‘proq harakat qilishi» kerakligini ta’kidladi.
WP eslatishicha, Tramp o‘zining Truth Social platformasida Hindiston neft va harbiy mahsulotlarning katta qismini Rossiyadan va faqat kichik ulushini AQShdan sotib olishini yozgan. Shu bilan birga, Nyu-Dehli rasmiylari savdo bojlarini nolga tushirishni taklif qilmoqda, «lekin endi kech», deya qo‘shimcha qildi u va Hindiston bilan iqtisodiy munosabatlarni «butunlay bir tomonlama falokat» deb atadi.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
11:04 / 30.06.2026